https://oz.sputniknews.uz/20230522/mirziyoev-oliy-evroosiyo-iqtisodiy-kengashi-35202857.html
Rossiya Mirziyoyevning Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashida ishtirok etishini kutmoqda
Rossiya Mirziyoyevning Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashida ishtirok etishini kutmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Moskva 24-25 may kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ishtirok etishini kutapti.
2023-05-22T13:31+0500
2023-05-22T13:31+0500
2023-05-22T16:05+0500
o‘zbekiston va yeoii
siyosat
shavkat mirziyoyev
yeoii
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/16/35202685_0:66:1281:786_1920x0_80_0_0_6a8558b1f5f95e01466ab0e4e97d91d1.jpg
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Moskva O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etishini kutmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.Vazirlik 21-22 may kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘lishini eslatgan. Saidov rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan muzokaralar olib boradi.Rossiya TIV ittifoqchilik va keng qamrovli strategik sherikchilik tamoyillariga asoslangan Moskva va Toshkentning o‘zaro manfaatli hamkorligi tomonlar manfaatlariga mos kelishini ta’kidlagan.24-25 may kunlari Moskvada Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega. O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi.So‘nggi yillarda O‘zbekistonda YeOIIga a’zo mamlakatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni sezilarli darajada oshdi.YeOIIning maqsadi — a’zo davlatlar aholisining turmush darajasini yuksaltirish borasida barqaror rivojlanish uchun sharoitlar yaratish, tovarlar, xizmatlar, kapital va ish resurslarining yagona bozorini shakllantirishga harakat qilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish, har tomonlama modernizatsiyalash va o‘zaro kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 27-may kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining onlayn o‘tgan yig‘ilishida tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida ishtirok etgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/16/35202685_234:145:1029:742_1920x0_80_0_0_194e6c0018ca4f96f3406854b0d422e6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev oliy yevroosiyo iqtisodiy kengashi yeoii o‘zbekiston ma’lumot
shavkat mirziyoyev oliy yevroosiyo iqtisodiy kengashi yeoii o‘zbekiston ma’lumot
Rossiya Mirziyoyevning Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashida ishtirok etishini kutmoqda
13:31 22.05.2023 (yangilandi: 16:05 22.05.2023) 24-25 may kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Moskva O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etishini kutmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
“24-25 may kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekiston prezidentining ishtirok etishini kutapmiz”, - deya ma’lum qilgan Rossiya TIV
RIA Novostiga.Vazirlik 21-22 may kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘lishini eslatgan. Saidov rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan muzokaralar olib boradi.
Rossiya TIV ittifoqchilik va keng qamrovli strategik sherikchilik tamoyillariga asoslangan Moskva va Toshkentning o‘zaro manfaatli hamkorligi tomonlar manfaatlariga mos kelishini ta’kidlagan.
24-25 may kunlari Moskvada Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega. O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda YeOIIga a’zo mamlakatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni sezilarli darajada oshdi.
YeOIIning maqsadi — a’zo davlatlar aholisining turmush darajasini yuksaltirish borasida barqaror rivojlanish uchun sharoitlar yaratish, tovarlar, xizmatlar, kapital va ish resurslarining yagona bozorini shakllantirishga harakat qilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish, har tomonlama modernizatsiyalash va o‘zaro kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 27-may kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining onlayn o‘tgan yig‘ilishida tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida
ishtirok etgan edi.