Sentabrdan 10-11 sinf o‘quvchilari o‘zi xohlagan fanlarni tanlab o‘qishi mumkin

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishZanyatie v klasse. Illyustrativnoe foto
Zanyatie v klasse. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2023
Obuna bo‘lish
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi o‘quv dasturlari amaliyotga kiritiladi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Joriy yilning sentabr oyidan 10-11 sinf o‘quvchilari o‘zi xohlagan fanlarni tanlab o‘qishi mumkin.
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi o‘quv dasturlari amaliyotga kiritiladi.
Bunda 10-11 sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish amaliyoti joriy qilinadi.
10-11 sinflardagi 14 ta majburiy fanlar takomillashtirilgan yangi o‘quv reja asosida o‘quvchilarga 8 ta majburiy fan va 2 ta tanlov fan (kimyo-biologiya, matematika-fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot-chet tili)ni tanlash imkoniyati yaratiladi.
Yangiliklar lentasi
0