O‘zbekistonda “Rossiya fasllari”ni ochish biz uchun katta sharaf – Nikita Mixalkov

Nikita Mixalkov
Nikita Mixalkov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2023
Obuna bo‘lish
Ochilishda o‘zbek tomoshabinlariga 2021-yil aprel oyida Moskvadagi Katta teatrning tarixiy sahnasida premyerasi bo‘lgan “12” spektakli taqdim etiladi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Bugun, 21-may kuni Toshkentda “Rossiya fasllari” rus san’ati va madaniyati festivali ochilmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Loyihaning keng ko‘lamli dasturi doirasida yil davomida turli formatdagi 20 dan ortiq tadbirlar: konsertlar, spektakllar, mahorat darslari, filmlar namoyishi rejalashtirilgan.
Ochilishda o‘zbek tomoshabinlariga Nikita Mixalkov boshchiligidagi Teatr va kino markazi tomonidan 2021-yil aprel oyida Moskvadagi Katta teatrning tarixiy sahnasida premyerasi bo‘lgan “12” spektakli taqdim etiladi.
“O‘zbekistonda “Rossiya fasllari”ni ochish biz uchun katta sharaf”, – dedi Nikita Mixalkov.
“Rossiya fasllari” festivali xorijiy tomoshabinlarni rus madaniyatining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirish imkonini beradi. Loyiha Rossiya Madaniyat vazirligi ko‘magida amalga oshiriladi. U ijodiy jamoalarning gastrol safarlari, mamlakatning eng yirik muzeylari ko‘rgazmalarini o‘z ichiga oladi. Ularni rus filmlari premyeralari, muz shoulari va boshqa aksiyalar to‘ldiradi.
Yangiliklar lentasi
0