Endi o‘zbekistonliklar kuchli zilzila oldidan ogohlantiriladi

© MChS UzbekisanaPokazateli seysmografa vo vremya zemletraseniya
Pokazateli seysmografa vo vremya zemletraseniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2023
Obuna bo‘lish
Aholiga 5 va undan yuqori balli tebranishlar aniqlanganda maxsus mobil ilova orqali tezkor xabarnoma yuboriladi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Endi o‘zbekistonliklarga mobil ilova orqali kuchli zilzila kuzatilishi to‘g‘risida tezkor xabarnoma yuboriladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan PQ–158-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, shu yil 1-dekabrdan respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.
Mazkur milliy tizim doirasida O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlardagi seysmik hodisalarning monitoringi real vaqt rejimida yuritiladi.
Zilzila o‘chog‘iga yaqin ikki va undan ortiq seysmik stansiyalarda 5 va undan yuqori balli tebranishlar aniqlanganda “Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil ilovasi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi to‘g‘risida tezkor xabarnoma yuboriladi.
2023 yil 1-avgustdan:
“Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi” ishga tushiriladi;
suv omborlarida ishlovchi mas’ul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish va birlamchi tahlil qilish bo‘yicha har 2-yilda malakasini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, 2024-yil 1-yanvardan seysmik faol zonalarda joylashgan shaharlarning bosh rejalari loyihalarini tegishli hududlarning seysmik mikrohududlashtirish xaritalariga asoslangan holda ishlab chiqish amaliyoti joriy qilinadi.
Hududlarning seysmik mikrohududlashtirish xaritalari Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqiladi.
2023 yil 1-iyundan respublika hududlarida mavjud faol tektonik yer yoriqlarining ko‘rsatkichlarini o‘rganish ishlari tashkil etiladi.
2023/2024 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim bosqichlarining amaldagi ta’lim dasturlariga Zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish qoidalari kiritiladi.
Eslatib o‘tamiz, Android qurilmasidan foydalanuvchi O‘zbekiston aholisi 21-mart soat 21:47 da Afg‘oniston hududida sodir bo‘lgan kuchli zilzilaning seysmik tebranishlari to‘g‘risida ilk bor erta ogohlantirish tizimi orqali ma’lumotlar olishgan edi. Ushbu tizim O‘zbekiston hududida ilk bor ishlagani sababli fuqarolarda turli savollar paydo bo‘ldi.
Chto doljno bit v trevojnom chemodanchike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2023
"Halokat chamadoni"da nimalar bo‘lishi kerak?
Yangiliklar lentasi
0