https://oz.sputniknews.uz/20230518/markaziy-osiyo-prezidentlar-uchrashuv-35047071.html
Si Szinpin nega Markaziy Osiyo prezidentlari bilan uchrashmoqda?
Si Szinpin nega Markaziy Osiyo prezidentlari bilan uchrashmoqda?
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo davlatlari nafaqat Rossiya, balki Xitoy bilan ham munosabatlariga tahdid solayotgan joriy sanksiya urushlarida ikkilamchi sanksiyalar “tuzog‘iga” tushib qolishni istamaydi.
2023-05-18T11:37+0500
2023-05-18T11:37+0500
2023-05-18T11:40+0500
dunyoda
xitoy
o‘zbekiston
markaziy osiyo
shavkat mirziyoyev
si szinpin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28227057_0:29:1280:749_1920x0_80_0_0_3695bd5eafb2771d124edc6cbba8a2db.jpg
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvlari formati jahondagi geosiyosiy notinchlik va geoiqtisodiy keskinliklar sharoitida uzoq muddatli istiqbolga xizmat qiladi. Bu haqda Toshkentning "Ma'no" ilmiy tashabbuslar markazi direktori Baxtiyor Ergashev ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.Xitoyning Sian shahrida 18-19 may kunlari “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda Qozog‘iston prezidenti Qasim Jomart-Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevlar ishtirok etishadi.Uning qayd etishicha, Markaziy Osiyo mintaqasi davlat rahbarlarining XXR raisi bilan uchrashuvi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan.Xitoy bosqichma-bosqich Markaziy Osiyoning beshta davlati bilan o‘ziga xos hamkorlik formatiga ega bo‘lish tomon yurdi.Xususan, tashqi ishlar vazirlari darajasidagi “Xitoy+Markaziy Osiyo” formati 2020-yil pandemiya yilidan qayta ishlay boshladi, deya eslatdi Ergashev.Ergashevning fikricha, Markaziy Osiyoning nafaqat Rossiya, balki Xitoy bilan ham munosabatlariga tahdid solayotgan joriy sanksiya urushlarida mintaqa davlatlari ikkilamchi sanksiyalar “tuzog‘iga” tushib qolishni istamaydi.
xitoy
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28227057_122:0:1159:778_1920x0_80_0_0_d49118fe32de14d4a50f913e0187b9c6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo xitoy markaziy osiyo o‘zbekiston shavkat mirziyoyev si szinpin
dunyo xitoy markaziy osiyo o‘zbekiston shavkat mirziyoyev si szinpin
Si Szinpin nega Markaziy Osiyo prezidentlari bilan uchrashmoqda?
11:37 18.05.2023 (yangilandi: 11:40 18.05.2023) Markaziy Osiyo davlatlari nafaqat Rossiya, balki Xitoy bilan ham munosabatlariga tahdid solayotgan joriy sanksiya urushlarida ikkilamchi sanksiyalar “tuzog‘iga” tushib qolishni istamaydi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvlari formati jahondagi geosiyosiy notinchlik va geoiqtisodiy keskinliklar sharoitida uzoq muddatli istiqbolga xizmat qiladi. Bu haqda Toshkentning "Ma'no" ilmiy tashabbuslar markazi direktori Baxtiyor Ergashev ma’lum qildi, deya xabar berdi
RIA Novosti. Xitoyning Sian shahrida 18-19 may kunlari “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda Qozog‘iston prezidenti Qasim Jomart-Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevlar ishtirok etishadi.
“Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari darajasidagi uchrashuvlarning yangi formati uzoq muddatli loyiha bo‘lib, u uzoq muddatda ishlaydi”, — dedi Ergashev.
Uning qayd etishicha, Markaziy Osiyo mintaqasi davlat rahbarlarining XXR raisi bilan uchrashuvi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan.
Xitoy bosqichma-bosqich Markaziy Osiyoning beshta davlati bilan o‘ziga xos hamkorlik formatiga ega bo‘lish tomon yurdi.
Xususan, tashqi ishlar vazirlari darajasidagi “Xitoy+Markaziy Osiyo” formati 2020-yil pandemiya yilidan qayta ishlay boshladi, deya eslatdi Ergashev.
"Nega bu uchrashuv hozir bo‘lib o‘tmoqda? Chunki bugungi kunda munosabatlardagi keskinlik nafaqat Rossiya va AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari bloki o‘rtasida mavjud, ammo AQSh va Xitoy o‘rtasidagi keskinlik juda jiddiy o‘sib bormoqda, xususan, Tayvan maqomi bilan bog‘liq hamma narsa”, - deb hisoblaydi ekpert.
Ergashevning fikricha, Markaziy Osiyoning nafaqat Rossiya, balki Xitoy bilan ham munosabatlariga tahdid solayotgan joriy sanksiya urushlarida mintaqa davlatlari ikkilamchi sanksiyalar “tuzog‘iga” tushib qolishni istamaydi.
“Mantiqning o‘zi bu davlatlardan hozirgi keskin sharoitda Rossiya va Xitoy bilan savdo-iqtisodiy aloqalarining imkoniyatlari va chegaralarini aniqlashni talab qiladi”, — deya qo‘shimcha qildi ekspert.