Rossiyada migratsiyaga oid qonun loyihasini tayyorlash ishlari yakunlandi - nimalar o‘zgaradi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishMigranti v aeroportu
Migranti v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyada migratsiya bilan bog‘liq barcha ma’muriy jarayonlar elektronlashtiriladi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi hukumati chet el fuqarolarining Rossiyaga kirishi, chiqishi va bo‘lishi shartlarini tartibga soluvchi qonun loyihasi ustida ishlashni yakunlamoqda. Bu haqda "Musofir" Telegram-kanali mamlakat Vazirlar Mahkamasi xabariga tayangan holda ma’lum qildi.
“Hozirda hukumat prezident tomonidan tasdiqlangan 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan Davlat migratsiya siyosati konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini, shuningdek, chet el fuqarolarining Rossiyaga kirishi, chiqishi va bo‘lishi shartlarini tartibga soluvchi federal qonun loyihasini ishlab chiqishni yakunlamoqda. Ushbu hujjatlarga asos bo‘lgan takliflar federal hokimiyat organlari tomonidan viloyatlar rahbarlari va ekspertlar ishtirokida tayyorlangan”, — deyiladi hukumat xabarida.
Ta’kidlanishicha, Rossiyada migratsiya bilan bog‘liq barcha ma’muriy jarayonlar elektronlashtiriladi. Shuningdek, yashash va ishlash uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish soddalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning oktabr oyidan Rossiyada vaqtincha yashayotgan xorijiy davlat fuqarolari registratsiyani onlayn olishlari mumkin bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0