Qo‘shma Shtatlarda Putinning NATOni dahshatga soluvchi quroli ma’lum qilindi

© AP Photo / Sergei GritsFlagi NATO i Finlyandii u zdaniya Ministerstva vnutrennix del v Xelsinki. Arxivnoe foto
Flagi NATO i Finlyandii u zdaniya Ministerstva vnutrennix del v Xelsinki. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyaning qaysi quroli NATO mamlakatlari uchun jiddiy xavf tug‘dirishi aytildi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Rossiya suv osti floti Shimoliy Atlantika alyansi va G‘arb mamlakatlari uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Bu haqda Newsweek nashri yozmoqda, deya xabar berdi RIA Novosti.
Nashrning yozishicha, NATOning suv osti kemalariga qarshi imkoniyatlari “sovuq urush tugaganidan so‘ng va e’tibor boshqa mavzularga qaratilishi natijasida zaiflashdi”.
Muallifning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning ushbu qurilmasi keng qamrovli kuch sifatida baholanadi va Qo‘shma Shtatlar o‘z ittifoqchilari bilan qurollanish poygasida hisobni tenglashtirish uchun kurashmoqda, chunki Moskva AQShning istalgan nuqtasiga zarba bera oladi.
Yadroviy qurolni bir chetga surib qo‘yadigan bo‘lsak, Rossiya suv osti kemalari Rossiyaning NATO uchun eng katta tahdididir, deya xulosa qilinadi maqola.
Yangiliklar lentasi
0