Yevropa va Osiyodan mashhur kiyim dizaynerlari Shaxrisabzda to‘planishdi

© Gosudarstvenniy komitet Uzbekistan po razvitiyu turizmaIzvestnie dizayneri prinyali uchastie v etnofestivale v Kashkadarye
Izvestnie dizayneri prinyali uchastie v etnofestivale v Kashkadarye  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2023
Obuna bo‘lish
Dunyoga mashhur dizayner o‘z kolleksiyasida o‘zbek matolaridan yangi ijodiy na’munalar yaratmoqchi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Dunyoga mashhur dizaynerlar O‘zbekiston milliy liboslarini jahon podiumlariga olib chiqishga ko‘maklashadi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Qashqadaryo viloyatida 11-13 may kunlari “Ethno and modern fashion week” xalqaro festivali hamda etnosport o‘yinlari, gastronomik festival, etno va zamonaviy kiyimlar xalqaro tanlovi, milliy hunarmandchilik va zargarlik yarmarkasi tashkil etildi.
© Gosudarstvenniy komitet Uzbekistan po razvitiyu turizma.Izvestnie dizayneri prinyali uchastie v etnofestivale v Kashkadarye
Izvestnie dizayneri prinyali uchastie v etnofestivale v Kashkadarye  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2023
Izvestnie dizayneri prinyali uchastie v etnofestivale v Kashkadarye
Festivalida angliyalik taniqli dizayner, Omar Mansoor brendi asoschisi Omar Mansur Sheyx, “Ladychic Paris” brendi asoschisi fransiyalik Lopez Artega, kreativ dizayner va “X8” brendi asoschisi koreyalik Li Vonkvang, shuningdek, Malayziya, Xitoy, Mongoliya, Rossiya, Qozog‘iston singari mamlakatlardan moda va dizayn namoyondalari ishtirok etdi.
© Gosudarstvenniy komitet Uzbekistan po razvitiyu turizmaIzvestnie dizayneri prinyali uchastie v etnofestivale v Kashkadarye
Izvestnie dizayneri prinyali uchastie v etnofestivale v Kashkadarye  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2023
Izvestnie dizayneri prinyali uchastie v etnofestivale v Kashkadarye

“O‘zbek milliy kiyimlari, ularning tayyorlanishidagi did va yorqinlik meni juda hayratlantirdi. Bu yerda o‘zbek dizaynerlari bilan fikr almashdim. Ularning o‘zbek modasini jahon podiumlariga olib chiqish uchun qilayotgan ishlarida ko‘maklashmoqchimiz”, deya qayd etdi Omar Mansoor brendi asoschisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada yaxshi yangiliklar yaratiladi. U shuningdek, o‘z kolleksiyasida o‘zbek matolaridan yangi ijodiy na’munalar yaratish g‘oyasi paydo bo‘lganini qo‘shimcha qildi.
© Gosudarstvenniy komitet Uzbekistan po razvitiyu turizmaIzvestnie dizayneri prinyali uchastie v etnofestivale v Kashkadarye
Izvestnie dizayneri prinyali uchastie v etnofestivale v Kashkadarye  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2023
Izvestnie dizayneri prinyali uchastie v etnofestivale v Kashkadarye
Ma’lumot uchun, Qashqadaryoda bo‘lib o‘tgan festival xorijlik va mahalliy turistlar oqimini oshirish, etnoturizm, gastroturizm va madaniy turizmni rivojlantirish, O‘zbekiston turistik salohiyatini yanada kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.
Yangiliklar lentasi
0