Lazizjon Mullojonov pobedil kolumbiysa Marlo Xartado v pervom boyu ChM. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2023
Boks bo‘yicha jahon chempionati — 2023
Toshkentda 30-aprel - 14-may kunlari ilk bor Boks bo‘yicha erkaklar orasida Jahon Chempionati bo‘lib o‘tadi.

Boks bo‘yicha jahon chempionlariga qancha pul mukofotlari topshiriladi?

© Federatsiya boksa UzbekistanaA’loxon Abdullayev
A’loxon Abdullayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2023
Obuna bo‘lish
Ushbu chempionatda IBA tomonidan tarixda ilk bor sovrindorlar uchun quyidagi mukofot jamg‘armasi joriy etilgan.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida oltin medal uchun 200 000 AQSh dollari beriladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi ma’lum qildi.
Ushbu chempionatda IBA tomonidan tarixda ilk bor sovrindorlar uchun quyidagi mukofot jamg‘armasi joriy etilgan.
Oltin medal uchun 200 000 AQSh dollari;
Kumush medal uchun 100 000 AQSh dollari;
Bronza medali uchun 50 000 AQSh dollari.
Mazkur pul mukofotlari o‘z og‘irlik vazni bo‘yicha jangga tushib, medallarni qo‘lga kiritgan har bir sportchiga topshiriladi.
Toshkentda ilk bor o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi JChning bugun final bahslari boshlanadi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Hasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolov oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.
Yangiliklar lentasi
0