Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Ukrainaning barcha hujumlarini qaytardi - Mudofaa vazirligi

© Sputnik / Sergey Averin / Mediabankka o‘tishRazbitaya ukrainskaya bronetexnika v Artemovske.
Razbitaya ukrainskaya bronetexnika v Artemovske. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya harbiylari Ukraina qurolli kuchlarining Soledar yo‘nalishidagi barcha hujumlarini qaytardi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Rossiya harbiylari Ukrainaning Soledar yo‘nalishidagi barcha hujumlarini qaytardi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi. RIA Novosti xabariga asosan.

"Ukraina Qurolli kuchlari jami 26 ta hujum uyushtirdi, ularda mingdan ortiq harbiy xizmatchilar, 40 tagacha tanklar, shuningdek, boshqa harbiy va maxsus texnikalar ishtirok etdi. Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalarining barcha hujumlari qaytarildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Bir kun avval Ukraina Qurolli kuchlari 95 kilometrdan ortiq bo‘lgan butun front chizig‘i bo‘ylab hujum operatsiyalarini o‘tkazgan edi. Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina harbiylarining mudofaadagi yutuqlariga yo‘l qo‘ymadi.
Yangiliklar lentasi
0