Alkogol mahsulotlari narxi yanada qimmatlashadi

© Sputnik / Mariya NaumenkoStend Uzbekistana na prodovolstvennoy vistavke "Prodekspo-2020"
Stend Uzbekistana na prodovolstvennoy vistavke Prodekspo-2020 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2023
Obuna bo‘lish
1 iyundan alkogol mahsulotlari narxi oshadi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yil 1-iyundan alkogol mahsulotlari narxi oshishi kutilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirining Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida buyrug‘i normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashgan.
Buyruq bilan alkogol mahsulotlari (pivodan tashqari) uchun yangilangan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar belgilanmoqda.
1 iyundan 1 litr tayyor mahsulot uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narx tegishlicha:
vino — 14 400 so‘m va 16 400 so‘m (ilgari 12 000 so‘m va 14 200 so‘m);
konyak — 57 400 so‘m va 66 000 so‘m (ilgari 48 200 so‘m va 57 800 so‘m);
aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar — 37 000 so‘m va 43 000 so‘m (ilgari 30 200 so‘m va 36 200 so‘m) etib belgilanadi.
Yangiliklar lentasi
0