https://oz.sputniknews.uz/20230511/migrantlar-onlayn-registratsiya-olish-34846456.html
Migrantlar onlayn registratsiyani qachondan olishlari mumkin?
Migrantlar onlayn registratsiyani qachondan olishlari mumkin?
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada mehnat migrantlari uchun oktabr oyida registratsiyani onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi.
2023-05-11T15:26+0500
2023-05-11T15:26+0500
2023-05-11T15:45+0500
rossiya
migrantlar
registratsiya
migratsiya
migratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1b/24246554_0:301:3105:2048_1920x0_80_0_0_5d72b41ec87b47d77efdfc38ac2a7c29.jpg
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Shu yilning oktabr oyidan Rossiyada vaqtincha yashayotgan xorijiy davlat fuqarolari registratsiyani onlayn olishlarii mumkin bo‘ladi. Bu haqda Rossiya prezidenti tegishli qarorni imzoladi, deya xabar berdi "Musofir" Telegram kanali.Migratsiya haqidagi qonunga o‘zgarishlar kiritish haqidagi qonun Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan 28-aprel kuni imzolandi. Hujjat 180 kun o‘tib kuchga kiradi.Hujjatga ko‘ra, uy egasi ”Gosuslugi“ orqali migrantga onlayn registratsiya qilishga rozilik berishi kerak. Xabarnoma (uvedomlenie) migratsiya idorasiga avtomatik yuboriladi.Ya’ni migrant ”Gosuslugi“ portali orqali onlayn registratsiya qilishi mumkin bo‘ladi:Uy-joy egalariga onlayn xabarnoma yuborish uchun bular talab etiladi:Endilikda migrantlardan registratsiya blankining originali talab etilmaydi. Uning nusxasini olib yurish kifoya bo‘ladi.Ma’lumot uchun, 2022-yilda mehnat migrantlariga Rossiya hududini tark etmasdan turib "kelishdan maqsadi"ni o‘zgartirishga imkon berilgan. 2023-yil boshidan boshlab esa mehnat migrantlari va uning oila a’zolariga Majburiy tibbiyot sug‘urtasi (OMS) olish imkoni paydo bo‘ldi.Shuningdek, Rossiya IIV 2023-yilning mart oyida mehnat migrantlariga ishlashga ruxsat beruvchi hujjat - patentning amal qilish muddatini 1-yildan 3-yilgacha uzaytirish haqida qonun ishlab chiqayotganini ham ma’lum qilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1b/24246554_43:0:2774:2048_1920x0_80_0_0_7eb67a043673d892754ab0252e9771a3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya o‘zbekiston rossiya migrant registratsiya
rossiya o‘zbekiston rossiya migrant registratsiya
Migrantlar onlayn registratsiyani qachondan olishlari mumkin?
15:26 11.05.2023 (yangilandi: 15:45 11.05.2023) Rossiyada mehnat migrantlari uchun oktabr oyida registratsiyani onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Shu yilning oktabr oyidan Rossiyada vaqtincha yashayotgan xorijiy davlat fuqarolari registratsiyani onlayn olishlarii mumkin bo‘ladi. Bu haqda Rossiya prezidenti tegishli qarorni imzoladi, deya xabar berdi
"Musofir" Telegram kanali.
Migratsiya haqidagi qonunga o‘zgarishlar kiritish haqidagi qonun Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan 28-aprel kuni imzolandi. Hujjat 180 kun o‘tib kuchga kiradi.
Hujjatga ko‘ra, uy egasi
”Gosuslugi“ orqali migrantga onlayn registratsiya qilishga rozilik berishi kerak. Xabarnoma (uvedomlenie) migratsiya idorasiga avtomatik yuboriladi.
Ya’ni migrant ”Gosuslugi“ portali orqali onlayn registratsiya qilishi mumkin bo‘ladi:
ushbu huquq chet elliklarga oktabr oyi oxiridan boshlab beriladi;
uy ijarasi shartnomasini tuzishda xabarnomani uy egasining roziligisiz, mustaqil (shaxsan yoki elektron shaklda) taqdim etish mumkin bo‘ladi.
Uy-joy egalariga onlayn xabarnoma yuborish uchun bular talab etiladi:
Yagona davlat va kommunal xizmatlar portalida shaxsiy kabinet ochish;
Yagona identifikatsiya va autentifikatsiya tizimi (YeSIA) da ro‘yxatdan o‘tish.
Endilikda migrantlardan registratsiya blankining originali talab etilmaydi. Uning nusxasini olib yurish kifoya bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, 2022-yilda mehnat migrantlariga Rossiya hududini tark etmasdan turib "kelishdan maqsadi"ni o‘zgartirishga imkon berilgan. 2023-yil boshidan boshlab esa mehnat migrantlari va uning oila a’zolariga Majburiy tibbiyot sug‘urtasi (OMS) olish imkoni paydo bo‘ldi.
Shuningdek, Rossiya IIV 2023-yilning mart oyida mehnat migrantlariga ishlashga ruxsat beruvchi hujjat - patentning amal qilish muddatini 1-yildan 3-yilgacha uzaytirish haqida qonun ishlab chiqayotganini ham ma’lum qilgan edi.