O‘zbekistonda sportchining “biologik pasporti” onlayn tizimi joriy etiladi

© unsplash/Victor FreitasMujchina derjit shtangu v sportzale
Mujchina derjit shtangu v sportzale - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2023
Obuna bo‘lish
Sportchilar uchun antidoping ta’lim elektron platformasi va sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasi ishga tushiriladi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. O‘zbekistonda doping-test va doping nazoratini tashkil qilish, ma’lumotlarni to‘plash va saqlashga oid sportchining “biologik pasporti” onlayn tizimi joriy etiladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan PQ–149-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi etib qayta tashkil qilindi.
Hujjatga ko‘ra, respublikada va xorijda o‘tkaziladigan musobaqalarda doping-sinamalar olish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro toifadagi doping ofitserlarni Xalqaro test agentligida (International Testing Agency) o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, antidoping nazorati va monitoringi sohalari raqamlashtiriladi.
Bunda doping-test va doping nazoratini tashkil qilish, sportchilar haqida ma’lumotlarni to‘plash va saqlashga oid sportchining “biologik pasporti” (ABP) onlayn tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, sportchilar uchun antidoping ta’lim elektron platformasi yaratiladi va bosqichma-bosqich Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasi joriy etiladi.
Milliy antidoping agentligi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi maqomiga ega bo‘lib, o‘z faoliyatida prezident hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobdordir.
Butunjahon antidoping agentligining talablari va qoidalari bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi hamda tezkor joriy etadi.
Hujjatga muvofiq, vazirlik va idoralarda yagona mehnatga haq to‘lash tizimi joriy qilingunga qadar shu yil 15-maydan Milliy antidoping agentligi xodimlariga quyidagi miqdorda ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lanadi:
1 yildan 3-yilgacha – 0,3;
3 yildan 5-yilgacha – 0,6;
5 yildan 10-yilgacha – 0,8;
10 yildan 15-yilgacha – 1;
15 yildan 20-yilgacha – 1,2;
20 yildan yuqori – 1,5.
Yangiliklar lentasi
0