Namanganga dunyoning yetakchi IT mutaxassislari keladi

© AP Photo / Frank AugsteinPosetiteli mejdunarodnoy yarmarki igr v Kelne, Germaniya
Posetiteli mejdunarodnoy yarmarki igr v Kelne, Germaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2023
Obuna bo‘lish
Namanganda 22-23 may kunlari "Namangan Tech Summit" - xalqaro IT forumi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Namangan xalqaro IT forumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Unda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Yevropa va Osiyoning ko‘plab mamlakatlarining IT kompaniyalar vakillari ishtirok etadi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Namanganda 22-23 may kunlari "Namangan Tech Summit" - xalqaro IT forumi bo‘lib o‘tadi. Mazkur forum Gullar festivali doirasida o‘tkaziladi.
Forumda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Yevropa va Osiyoning ko‘plab mamlakatlaridan raqamli texnologiyalar sohasi mutaxassislari, dunyoning yetakchi kompaniyalarining dasturchilari, menejerlar, mahalliy yosh iste’dodlar hamda IT kompaniyalar vakillari ishtirok etadi.
Tadbirda mahorat darslari, IT loyihalarning taqdimotlari, shuningdek, startaplar yaratish, kreativ iqtisodiyot dasturlari taqdim etiladi.
Forumda quyidagi mavzularda maruzalar taqdim etiladi:
Yosh havaskorlar uchun texnologiya va IT sohasiga kirish yo‘llari;
IT-Park rezidenti, frilanser sifatida ishlash, xizmatlarni eksport qilish (dasturiy ta’minot, dizayn, BPO, logistika);
veb-sayt, raqamli marketing, SEO/SMM, mobil ilovalar yaratish;
UI va UX dizayn kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar tinglanadi.
Yangiliklar lentasi
0