Markaziy Osiyoda turkiy davlatlar geografik kengashi tuzildi

© QazaqGeographyV Sentralnoy Azii sozdan Geograficheskiy Sovet Turkskix gosudarstv
V Sentralnoy Azii sozdan Geograficheskiy Sovet Turkskix gosudarstv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2023
Obuna bo‘lish
Toshkent yangi uyushmaning bosh qarorgohiga aylanadi, birinchi rahbar etib O‘zbekiston geografiya jamiyati rahbari Oybek Norinboyev saylandi. O‘zbekistonning raisligi uch yil davom etadi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Markaziy Osiyo mintaqasida yangi integratsion shakllanish paydo bo‘ldi – Ozarbayjon, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston geografik jamiyatlari vakillari Turkiy davlatlar geografik kengashini tashkil etish to‘g‘risida shartnoma imzolashdi. Bu haqda "QazaqGeography" jamiyati xabar berdi.
Toshkent yangi uyushmaning bosh qarorgohiga aylanadi, birinchi rahbar etib O‘zbekiston geografiya jamiyati rahbari Oybek Norinboyev saylandi. O‘zbekistonning raisligi uch yil davom etadi.
© QazaqGeographyV Sentralnoy Azii sozdan Geograficheskiy Sovet Turkskix gosudarstv
V Sentralnoy Azii sozdan Geograficheskiy Sovet Turkskix gosudarstv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2023
V Sentralnoy Azii sozdan Geograficheskiy Sovet Turkskix gosudarstv
Yangi uyushmaning maqsadlari turkiyzabon ilmiy-tadqiqot institutlari va jamoat birlashmalari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, mintaqaning tarixiy-madaniy merosi, shuningdek, ekologik kun tartibi va xalq diplomatiyasini birgalikda o‘rganishdan iborat.
Geografik kengashni tashkil etish tashabbuskori "QazaqGeography" Qozog‘iston Respublika jamoat birlashmasi bo‘ldi.
© QazaqGeographyV Sentralnoy Azii sozdan Geograficheskiy Sovet Turkskix gosudarstv
V Sentralnoy Azii sozdan Geograficheskiy Sovet Turkskix gosudarstv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2023
V Sentralnoy Azii sozdan Geograficheskiy Sovet Turkskix gosudarstv

“Biz Turkiy davlatlar geografik kengashini tashkil etishda jiddiy istiqbollarni ko‘ramiz va birgalikdagi ishlar va uning natijasiga katta umid bog‘laymiz”, - dedi "QazaqGeography" rahbari Orman Nurbayev.

Qayd etilishicha, yangi tashkilot yaqin vaqt ichida assotsiatsiyaning tuzilmasi va nizom hujjatlarini tasdiqlashi kerak.
Yangiliklar lentasi
0