Kambag‘allikni qisqartirish uchun yangicha ishlash boshlanadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po sokrasheniyu bednosti i povisheniyu zanyatosti.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o merax po sokrasheniyu bednosti i povisheniyu zanyatosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2023
Obuna bo‘lish
Korxonalarda ko‘plab “amaliy monomarkaz”lar tashkil qilinadi. Davlat bunga zarur mablag‘lar ajratadi va qator yengilliklar beradi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yaqinda qabul qilingan Konstitutsiyamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat o‘ziga majburiyatlar oldi.
Shu bois yig‘ilishda bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish choralari muhokama qilindi. Avvalo, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hududlarda yangicha ishlashi kerakligi ta’kidlandi.
Salohiyatli tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlab, yangi ish o‘rni yaratishga rag‘batlantirish masalasi ko‘rib chiqildi.
“Buning uchun ular bilan malakali ishchi tayyorlash bo‘yicha shartnoma tuziladi. Ya’ni, korxonalarda ko‘plab “amaliy monomarkaz”lar tashkil qilinadi. Davlat bunga zarur mablag‘lar ajratish bilan birga, infratuzilma, kredit, soliq va boshqa masalalar bo‘yicha yengilliklar beradi”, - deyiladi xabarda.
Tadbirkor esa kambag‘al aholini daromadli ish bilan ta’minlaydi. Mutasaddilarga ushbu tizimni barcha tuman va shaharlarda joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Endi Xitoy tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan tumanni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha alohida dastur amalga oshirilishi belgilandi. Bunda kambag‘allik yuqori bo‘lgan tumanlarda yo‘l-transport, elektr, aloqa va turizm infratuzilmasini yaxshilash, kichik va o‘rta shaharlarni rivojlantirish, mahallalarni sanoatlashtirishga e’tibor qaratiladi.
Bosh vazir o‘rinbosariga buning uchun zarur infratuzilma masalasini hal qilish vazifasi qo‘yildi.
Joriy yilda oilaviy tadbirkorlikka 13 trillion so‘m kredit va 1,5 trillion so‘m subsidiyalar ajratilayapti. Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha 37 turdagi subsidiyalar mavjud.
Ta’kidlanishicha, ularni ajratish shartlari oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, loyihaning o‘zini o‘zi oqlash muddatidan qat’iy nazar, barcha uchun deyarli bir xil.
Shu bois kredit va subsidiyalarni har bir kambag‘al oilaga alohida yondashuv asosida taqdim etish taklifi bildirildi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligini xalqchil tizimga aylantirish, 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallaning o‘zida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili 1 million nafar aholi kambag‘allikdan chiqarilgan.
Yangiliklar lentasi
0