U-20 jahon chempionati: O‘zbekiston jamoasi tarkibi e’lon qilindi

© Ministerstvo molodejnoy politiki i sportaUzbekistan viigral Kubok Azii po futbolu
Uzbekistan viigral Kubok Azii po futbolu
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
Obuna bo‘lish
Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati Argentinada 20-maydan 11-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. O‘zbekiston U-20 terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etadigan yakuniy tarkibi e’lon qilindi.
Ravshan Haydarov Argentinada bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi dunyo birinchiligiga 21 nafar futbolchini chaqirgan.
Darvozabonlar: Otabek Boymurodov (“Paxtakor”), Asror Kenjayev (“Neftchi”), Edem Ne’matov (“Chig‘atoy”);
Himoyachilar: Abduqodir Husanov (“Energetik-BGU”, Belarus), Mahmud Mahamadjonov, Jahongir O‘rozov (ikkisi “Bunyodkor”), Saidafzalxon Ahrorov (“Turon”), Abubakr Ashurov, Diyor Ortiqov (ikkisi “Paxtakor”), Izatillo Po‘latov (“Metallurg”), Zafarmurod Abdurahmatov (“Nasaf”);
Yarim himoyachilar: Behruz Asqarov, Shahzod Rahmatullayev, Abbosbek Fayzullayev (barchasi “Paxtakor”), Sherzod Esanov (“Andijon”), Shahzod Akromov (“Nasaf”), Nodir Abdurazzoqov (“OKMK”), Umarali Rahmonaliyev (“Rubin”, Rossiya);
Hujumchilar: Shahzod Ne’matjonov (“Metallurg”), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, Rustam Turdimurodov (ikkisi ham “Paxtakor”).
Argentina mezbonlik qiladigan U-20 dunyo birinchiligi 2023-yilning 20-maydan 11-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi. Unda 24 ta terma jamoa ishtirok etadi.
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo Kubogidagi g‘oliblik orqali bu jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi A guruhidan o‘rin olgan va musobaqaning ochilish o‘yinida mezbon Argentina yoshlariga qarshi maydonga tushadi.
Yangiliklar lentasi
0