Toshkentda O‘zbekiston – Xitoy xalqaro tibbiyot forumi o‘tkaziladi

© Depositphotos.com / StockassoJenshina-vrach
Jenshina-vrach - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
Obuna bo‘lish
Ikki davlat o‘rtasida tibbiyot sohasi bo‘yicha ko‘p qirrali aloqalarni kengaytirish, o‘zaro hamkorlikda yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi mas’ul vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqotda ikki davlat o‘rtasida tibbiyot sohasi bo‘yicha ko‘p qirrali aloqalarni kengaytirish, o‘zaro hamkorlikda yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Xitoy ko‘magida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash muassasalarini modernizatsiya qilish hamda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, qo‘shma tibbiy ta’lim dasturlarini ro‘yobga chiqarish, grant loyihalarini jalb qilish kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlar istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Yakunda shu yil oktabr oyida Toshkent shahrida O‘zbekiston — Xitoy xalqaro tibbiyot forumi o‘tkazilishi yuzasidan kelishuvga erishildi.
Ushbu nufuzli tadbirda ikki davlat o‘rtasida sog‘liqni saqlash, tibbiy ta’lim, farmatsevtika, IT, xalq tabobati kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish va sohaga daxldor qo‘shma korxonalar tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0