https://oz.sputniknews.uz/20230508/ozbekiston-muddatidan-ilgari-prezident-saylovi-34743684.html
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezident saylovi o‘tkaziladi - Mirziyoyev
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezident saylovi o‘tkaziladi - Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezident saylovi o‘tkazilishini e’lon qildi
2023-05-08T13:14+0500
2023-05-08T13:14+0500
2023-05-08T17:09+0500
siyosat
o‘zbekiston
o‘zbekistonda prezident saylovi
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/08/34744461_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_2420639ce36b4d18789f3583c2d4887c.jpg
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezident saylovi o‘tkazilishini e’lon qildi. Muddatidan ilgari prezident sayloviga oid so‘nggi xabarlarni Telegram-kanalimizda birinchi bo‘lib o‘qing: kirill va lotin yozuvida.Prezident parlament a’zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv chog‘ida yangilangan Konstitutsiyaning 128-moddasida mamlakat prezidentiga berilgan vakolatdan foydalanib, tegishli farmonni imzolaganini ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, yangilangan Konstitutsiya prezident, parlament, hukumat, vazirlar, hokimlar oldiga kechiktirib bo‘lmaydigan yangi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarni qo‘ymoqda. Xalq davlatdan barcha sohalarda g‘oyat muhim va dolzarb o‘zgarish va islohotlarni kutmoqda. Dunyoda va mintaqada keskin va murakkab jarayonlar hukm surayotgan hozirgi vaziyatda to‘g‘ri va samarali rivojlanish yo‘lini izlab topish va uni amalga oshirish eng o‘tkir va dolzarb masalaga aylanmoqda. Prezident bundan buyon ham davlat va jamiyat hayoti, bugungi va kelgusi taraqqiyotiga oid har bir masala bo‘yicha faqat xalq bilan bamaslahat ish olib borilishini ta’kidladi. Ta’kidlanishicha, saylovlar qonunga to‘la muvofiq holda ochiq va oshkora tarzda o‘tkaziladi. Davlat rahbari siyosiy partiyalar, prezidentlikka nomzodlar mamlakat tinchligi va uning ravnaqiga, xalq farovonligiga xizmat qiladigan yangi g‘oya va tashabbuslar bilan maydonga chiqishiga ishonch bildirdi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda oxirgi prezident saylovi 2021-yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Unda amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan yana 5-yil muddatga prezidentlikka qayta saylangan edi. Referendum natijasida qabul qilingan yangilangan Konstitutsiyaga muvofiq prezident vakolati 7-yilgacha uzaytirilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/08/34744461_87:0:1224:853_1920x0_80_0_0_b559df5c731dde05ad183de5a1cde227.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev o‘zbekiston muddatidan ilgari prezident saylovi
shavkat mirziyoyev o‘zbekiston muddatidan ilgari prezident saylovi
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezident saylovi o‘tkaziladi - Mirziyoyev
13:14 08.05.2023 (yangilandi: 17:09 08.05.2023) Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, yangilangan Konstitutsiya prezident, parlament, hukumat, vazirlar, hokimlar oldiga kechiktirib bo‘lmaydigan yangi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarni qo‘ymoqda.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezident saylovi o‘tkazilishini
e’lon qildi. Prezident parlament a’zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv chog‘ida yangilangan Konstitutsiyaning 128-moddasida mamlakat prezidentiga berilgan
vakolatdan foydalanib, tegishli farmonni imzolaganini ma’lum qildi.
"Bunday qarorga kelish uchun qanday obyektiv zarurat bor, degan savol tug‘ilishi tabiiy, albatta. Nima uchun qolgan uch yarim yillik prezidentlik muddatidan o‘z tashabbusim bilan voz kechayapman? Chunki o‘zingiz ko‘rib turibsiz, Asosiy qonunimizga muvofiq, birinchidan, hokimiyatning barcha bo‘g‘inlari isloh qilinib, ular o‘rtasidagi munosabat va muvozanat jiddiy o‘zgarmoqda", - dedi Mirziyoyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangilangan Konstitutsiya prezident, parlament, hukumat, vazirlar, hokimlar oldiga kechiktirib bo‘lmaydigan yangi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarni qo‘ymoqda. Xalq davlatdan barcha sohalarda g‘oyat muhim va dolzarb o‘zgarish va islohotlarni kutmoqda. Dunyoda va mintaqada keskin va murakkab jarayonlar hukm surayotgan hozirgi vaziyatda to‘g‘ri va samarali rivojlanish yo‘lini izlab topish va uni amalga oshirish eng o‘tkir va dolzarb masalaga aylanmoqda.
Prezident bundan buyon ham davlat va jamiyat hayoti, bugungi va kelgusi taraqqiyotiga oid har bir masala bo‘yicha faqat xalq bilan bamaslahat ish olib borilishini ta’kidladi.
"Asosiy qonunimizda xalq – davlat hokimiyatining birdan-bir manbai, deb bejiz yozilmagan. Shu nuqtayi nazardan, yangilangan davlat hokimiyati tizimida xalqimiz, yana bir bor aytaman, faqat xalqimiz o‘zi ishongan rahbarga mandat berishi maqsadga muvofiq. O‘ylaymanki, bugungi mavjud sharoitda bu eng to‘g‘ri va adolatli qaror bo‘ladi", - dedi prezident.
Ta’kidlanishicha, saylovlar qonunga to‘la muvofiq holda ochiq va oshkora tarzda o‘tkaziladi. Davlat rahbari siyosiy partiyalar, prezidentlikka nomzodlar mamlakat tinchligi va uning ravnaqiga, xalq farovonligiga xizmat qiladigan yangi g‘oya va tashabbuslar bilan maydonga chiqishiga ishonch bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda oxirgi prezident saylovi 2021-yil 24-oktabr kuni
bo‘lib o‘tgan edi. Unda amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan yana 5-yil muddatga prezidentlikka qayta saylangan edi.
Referendum natijasida qabul qilingan
yangilangan Konstitutsiyaga muvofiq prezident vakolati 7-yilgacha uzaytirilgan.