Surxonda hech bir to‘y baxshilarsiz o‘tmaydi – Baysara Rahimova
© Sputnik/Dostonbek RaxmatullayevBaxshi Baysara Raximova
© Sputnik/Dostonbek Raxmatullayev
Obuna bo‘lish
Festivalda xalqaro baxshilar ham ishtirok etmoqda, ular orasida tajribali ijrochilar bilan bir qatorda yosh baxshilar ham bor.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Guliston shahrida III Xalqaro baxshichilik san’ati festivali bo‘lib o‘tmoqda. Unda 40 dan ortiq mamlakatlardan baxshilar, oqin, jirov va ijrochilar ishtirok etmoqda.
Sputnik muxbiri tadbir ishtirokchilari bilan suhbatlashdi.
“20 yildan buyon baxshichilik bilan shug‘ullanaman. Bu menga ota meros kasb bo‘lib, otam Mamay baxshi Samarqandda katta shuhrat qozongan Islom shoir maktabining davomchisi bo‘lgan. Men Alpomish, Go‘ro‘g‘li, Oychinor, Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi, Oysuluv kabi dostonlarni ijro etaman. Baxshidan ko‘proq bilim va improvizatsiya talab etiladi. Chunki u doim jonli kuylaydi va bor mahoratini ijroda ko‘rsatadi”, - dedi samarqandlik Saim baxshi Ergashev.
© Sputnik/Dostonbek RaxmatullayevBaxshi Saim Ergashev
Baxshi Saim Ergashev
© Sputnik/Dostonbek Raxmatullayev
Baxshi asosan do‘mbira sozini chaladi, mahoratini yanada oshirish maqsadida rubob, doira sozlarida ham asarlar ijro etadi.
Festivalda xalqaro baxshilar ham ishtirok etmoqda, ular orasida tajribali ijrochilar bilan bir qatorda yosh baxshilar ham bor. Ulardan biri rossiyalik qiz baxshi Anastasiya.
“Men bu sohani o‘rganayotganimga 5-yildan oshdi. Hozirda 1 ta mualliflik asarim bo‘lib, u “Devushka udaganka” deb ataladi. Ijodimda dunur, shamanskiy buben, xomus chalaman. O‘zbekistonda birinchi marotaba bo‘lishim, mazkur festivalda ko‘plab ustozlarni ko‘rib, ularni ijodini kuzatapman. Turli millatlarning an’analari menga yanada ilhom bag‘ishlamoqda”, - dedi rossiyalik ishtirokchi Anastasiya Alekseyeva.
© Sputnik/Dostonbek RaxmatullayevAnastasiya Alekseyeva
Anastasiya Alekseyeva
© Sputnik/Dostonbek Raxmatullayev
“Men ijodni boshlaganimda 13-14 yoshda edim. Ustozim O‘zbekistonning birinchi Xalq baxshisi Shoberdi Boltayev. Baxshilik kasbi ajdodlarimiz qonida bor. Surxon vohasida hech bir to‘y baxshilarsiz o‘tmaydi, ularning ijrolari xalqqa doim manzur bo‘lib kelgan. Mening maqsadim kelajakda baxshichilik maktabida yosh qizlarni tayyorlash, chunki ayol baxshilarning ijrosi ham mazkur sohani rivojlantirishda alohida maktab bo‘lishiga ishonaman”, - dedi surxondaryolik qiz baxshi Baysara Rahimova.
© Sputnik/Dostonbek RaxmatullayevBaysara Raximova
Baysara Raximova
© Sputnik/Dostonbek Raxmatullayev
Yana u ijroda baxshidan birinchi o‘rinda chechanlik talab etilishini ta’kidladi, chunki baxshi davrada yoki sahnada olomonni o‘ziga qarata olishi, o‘zining chechan ijrosi bilan mahoratini tarannum eta olishi muhim.
Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida Rossiya, Ozarbayjon, Turkiya, Misr, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston kabi ko‘plab mamlakatlardan ijrochilar tashrif buyurgan.
Festivalning asosiy dasturida xalqaro baxshilarning jonli ijrodagi bellashuv va aytishuvlari o‘tkaziladi.