Toshkentda “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi — unda kimlar ishtirok etadi?

© SS0 / Unsplash / Fitsum AdmasuBeg, illyustrativnoe foto
Beg, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2023
Obuna bo‘lish
Rejaga ko‘ra, ushbu sport tadbiri ilk marotaba 2000 ga yaqin ishtirokchini birlashtiradi.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Toshkentda 14-may kuni harbiy-vatanparvarlik ruhidagi “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Tadbir 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlanib, start-finish nuqtasi “Humo arena” majmuasining oldidagi maydonga belgilangan. Poygalarga 14-may kuni 07:00 da start beriladi.
Rejaga ko‘ra, sport tadbiri ilk marotaba 2000 ga yaqin ishtirokchini birlashtiradi.
Musobaqa dasturi kengaytirildi va unga 3 ta masofa qo‘shildi:
yarim marafon – 21,1 km;
chorak marafon — 10,5 km;
3 kmga yugurish.
"Musobaqa kubogini qo‘lga kiritish uchun Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi vakillaridan iborat 7 ta jamoa hamda kuch ishlatuvchi tuzilmalar ta’lim muassasalarining 6 ta jamoasi kurash olib boradi", deyilgan xabarda.
“Men g‘olib” musobaqasi an’anaviy ravishda muhim davlat sanalari – Vatan himoyachilari kuni, O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganligi hamda Xotira va qadrlash kunini nishonlashga bag‘ishlangan holda o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0