Qabul-2023: test sinovlarida abituriyentlar to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ball tasdiqlandi

© SputnikAbituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2023
Obuna bo‘lish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri test topshiriqlar soni va baholash mezonlarini o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi.
Unga ko‘ra, barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
Matematika x 10 ta;
O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
60 ta savoldan jami 156,0 ball.
Umumiy 2023/2024 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
Ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi 6 oy oldin tasdiqlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0