Bugun qaysi hududlarda yomg‘ir yoqadi?

© Sputnik / Maksim BlinovDojd
Dojd  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, bugun qator hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda shamolning tezligi 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Bugun respublikaning qator hududlarida havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +10-12, kunduzi +20-22 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +8-13, kunduzi +18-23 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +8-13, kunduzi +20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +10-15, kunduzi +18-23 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +12-17, kunduzi +22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +12-17, kunduzi +22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +10-15, kunduzi +20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda (2000 metrdan balandda) qorga aylanishi mumkin. Ba’zi tumanlarda do‘l yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Momaqaldiroq paytida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +3-8, kunduzi +10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0