https://oz.sputniknews.uz/20230505/qamchiq-dovon-turistik-avtobuslar-qatnovi-34642497.html
Endi Qamchiq dovoni orqali turistik avtobuslar qatnovi amalga oshiriladi
Endi Qamchiq dovoni orqali turistik avtobuslar qatnovi amalga oshiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Endi Qamchiq dovoni orqali yo‘lovchilarni tashishda foydalaniladigan va haydovchidan tashqari o‘n to‘rttagacha o‘rindiqqa ega bo‘lgan transport vositalaridan foydalanish mumkin bo‘ladi.
2023-05-05T10:40+0500
2023-05-05T10:40+0500
2023-05-05T13:32+0500
o‘zbekiston
jamiyat
qamchiq
avtobus
turizm
turizm
yangi qaror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1298/81/12988110_0:257:2731:1793_1920x0_80_0_0_b748d4fb5731317012d4b4bb46f2ac05.jpg
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Qamchiq dovoni orqali turistik avtobuslar qatnovini amalga oshirishga ruxsat berildi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan respublikaning turizm salohiyatini rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga qaratilgan qarorda nazarda tutilgan.Hujjatga ko‘ra, endi Qamchiq dovoni orqali yo‘lovchilarni tashishda foydalaniladigan va haydovchidan tashqari o‘n to‘rttagacha o‘rindiqqa ega bo‘lgan M2 toifadagi transport vositalaridan foydalanish mumkin bo‘ladi.Shuningdek, Jizzax viloyatidagi dovonlar hamda Bo‘stonliq tumanining tog‘li hududlarida tegishli toifadagi yo‘llar orqali turistik avtobus va mikroavtobuslarga muntazam qatnovlarni amalga oshirishga ruxsat berildi.Bunda transport vositalari quyidagi tartib asosida qatnovni amalga oshirishi mumkin:Qatnov faqat 1-apreldan 1-noyabrga qadar bo‘lgan davrda kunduzi amalga oshirilishi mumkin.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1298/81/12988110_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_3aca5826aaf623c05c5492e3b406d53e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston qamchiq dovoni avtobus
o‘zbekiston qamchiq dovoni avtobus
Endi Qamchiq dovoni orqali turistik avtobuslar qatnovi amalga oshiriladi
10:40 05.05.2023 (yangilandi: 13:32 05.05.2023) Endi Qamchiq dovoni orqali yo‘lovchilarni tashishda foydalaniladigan va haydovchidan tashqari o‘n to‘rttagacha o‘rindiqqa ega bo‘lgan transport vositalaridan foydalanish mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Qamchiq dovoni orqali turistik avtobuslar qatnovini amalga oshirishga ruxsat berildi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan respublikaning turizm salohiyatini rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga qaratilgan
qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, endi Qamchiq dovoni orqali yo‘lovchilarni tashishda foydalaniladigan va haydovchidan tashqari o‘n to‘rttagacha o‘rindiqqa ega bo‘lgan M2 toifadagi transport vositalaridan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, Jizzax viloyatidagi dovonlar hamda Bo‘stonliq tumanining tog‘li hududlarida tegishli toifadagi yo‘llar orqali turistik avtobus va mikroavtobuslarga muntazam qatnovlarni amalga oshirishga ruxsat berildi.
Bunda transport vositalari quyidagi tartib asosida qatnovni amalga oshirishi mumkin:
ishlab chiqarilganiga 3-yildan oshmagan va gaz ballon uskunalari o‘rnatilmagan;
sekinlashtiruvchi uskunasi (tog‘ tormozi) mavjud bo‘lgan;
harakatni kuzatish navigatsiya qurilmasi va taxograf o‘rnatilgan transport vositalarida kamida 7-yil staji bor haydovchilarga avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyati uchun litsenziya mavjud bo‘lgan.
Qatnov faqat 1-apreldan 1-noyabrga qadar bo‘lgan davrda kunduzi amalga oshirilishi mumkin.