Rossiya boshqariladigan bombalari Ukraina jangovar salohiyatiga qanday putur yetkazmoqda

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishAviatsionnie bombi na aerodrome bazirovaniya istrebiteley VKS Rossii, zadeystvovannix v spetsialnoy voyennoy operatsii.
Aviatsionnie bombi na aerodrome bazirovaniya istrebiteley VKS Rossii, zadeystvovannix v spetsialnoy voyennoy operatsii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Havo-kosmik kuchlari tomonidan boshqariladigan bombalarning yoppasiga qo‘llanilishi Ukraina armiyasining jangovar salohiyatini samarali ravishda parchalamoqda va Kiyev rejimini “qarshi hujumda” muvaffaqiyat qozonish imkoniyatidan mahrum qilmoqda.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Dushman aviatsiyasi va havo mudofaasi puchga chiqmoqda, piyoda jangchilar yer bilan bitta qilindi, zirhli texnikalar aholiyashash punktlarida yashiringan. Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK)h ar qanday operativ hududlarda harbiy harakatlarining amalga oshirilishi bir hafta ichida G‘arb tomonidan yetkazib berilgan barcha harbiy texnikaning yo‘q qilinishiga olib keladi.
Maxsus harbiy operatsiyadavrida Rossiya eng muhim qurollar va kuchli o‘q-dorilarni ishlab chiqarishni bir necha bor oshirdi.
NATO va AQSh vaziyatdan havotirda. Maxsus harbiy operatsiya hududida Rossiya 250, 500 va 1500 kg kalibrli boshqariladigan uchuvchi bombalarni qo‘llamoqda, UQK esa ularga qarshi himoyalanish va zarba berish choralariga ega emas.
Yuzlab kilogramm portlovchi moddalardan tashqari, Rossiyaning har bir qanotli “Valkiriyalari” sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasiga ega va zarba nuqtasidan 70 km gacha bo‘lgan masofada nishonga tegadi. Bu esa tashuvchi samolyot dushman havo mudofaasi tizimlari yeta olmaydigan darajada uzoqdan hujum amalga oshira oladi degan ma’noni anglatadi.
Boshqariladigan bombalarning jangovar samaradorligi yuqori aniqlikdagi raketa qurollari bilan teng keladi. Narxining pastligi esa bunday o‘q-dorilarni uzluksiz ravishda Rossiya Federatsiyasi budjetiga katta yuklama tug‘dirmaydi.
Ukraina armiyasining S-300 zenit-raketa tizimlari (Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan) 100 km masofa bilan cheklangan. Zamonaviy rus S-400 havo mudofaa tizimlari yoki R-37M “havo-havo” gipertovushli raketalari, S-300 dan farqli o‘laroq, 400 kmgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarga zarba bera oladi.
Shu sababli, Rossiya Havo-kosmik kuchlarining bombardimonchilari, katta xavf-xatarsiz, kechayu kunduz dushman pozitsiyalari va logistika obyektlarini yer bilan bitta qilmoqda. O‘tgan aprel oyida Ukraina armiyasi 15 mingdan ortiq askarini, shuningdek, 430 ta tank va zirhli texnikani, 225 ta artilleriya qurolini va 18 ta reaktiv raketa tizimi qurilmasini yo‘qotdi.

"Military Watch" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, “front tashqarisidan qilingan” zarbalar “Ukrainaning urush qilish qobiliyatini” sezilarli darajada cheklab qo‘ygan. Rossiyaning Pavlograddagi temir yo‘l kesishmasi va omborlariga bir marta yoppasiga zarbasi – S-300 havo mudofaa tizimining ikkita bo‘linmasini, “Grom-2” operatsion-taktik raketa tizimi uchun ballistik raketalarni, UQK uchun yuzlab qurol-yarog‘larni yo‘q qildi.

Amerika nashrining ta’kidlashicha, Rossiya Ukrainadagi eng qimmat qurol va o‘q-dorilar omborlarini tezlik bilan yo‘q qilmoqda.
Avvalroq Polsha Qurolli kuchlari Bosh qarorgohi rahbari Raymund Anjeychak Ukraina g‘alabadan juda yiroq – uning resurslari va G‘arbning harbiy salohiyati tez pasayib borayotgani, Rossiyada esa jangovar harakatlarni davom ettirish uchun cheksiz imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlagan edi.
Gravitatsiyaga yangicha nazar
Amerika Kiyev rejimiga FIM-92 Stinger tipidagi bir necha mingta ko‘chma zenit-raketa komplekslarini yetkazib bermoqda, NATOning UQK foydasiga “Buk”, “Tor”, S-300 zenit-raketa tizimini almashib, yana boshqa havo mudofaa tizimlarini yetkazib berdi. Bu esa Rossiyaning maxsus harbiy operatsiya hududida erkin tushadigan (gravitatsion) bombalaridan foydalanish uchun ma’lum to‘siqlar yaratdi.
250 kg dan 1500 kg gacha kalibrli Rossiya Havo-kosmik kuchlarining aqlli (boshqariladigan) aviatsion o‘q-dorilari Ukraina harbiy harakatlar teatrida G‘arbning barcha harakatlarini barbod qildi.
Har xil quvvatdagi dastlab qanotli sozlanuvchi bombalarni ishlab chiqarishdan tashqari, RF mudofaa sanoati modernizatsiya qilingan yuqori portlovchi bombalar (fugas aviabombalar - FAB) hajmini tezda oshirdi.
TASS manbasiga ko‘ra Rossiya mudofaa sanoatidagi takomillashtirilgan FAB-250 (250 kg kalibrli gravitatsion bombasi) “qanotli platforma” va inersial navigatsiya tizimiga ega bo‘ldi. Qanotli, yuqori aniqlikdagi FAB-250 bombardimonchi samolyotdan soatiga 800-900 km tezlikda ajraladi va 80 km masofada nishonni rejalashtiradi.
1962 yilgi rusumdagi yangilangan FAB-500 bombasi ham takomillashtirilib, yoyiluvchi qanot va tayanch quyruq qismga ega bo‘ldi, bu esa yuqori aniqlik va boshqarilish imkoniyatini yaratdi.
Su-34 front qiruvchi-bombardimonchi samolyoti 24 ta FAB-250 yoki 14 500 kg bomba yoki uchta 1,5 tonnalik bomba tashishga qodir.
Su-34 samolyotining bir marta parvozi dushmanni qanday ahvolga solishi mumkin, tasavvur qilyapsizmi?!
Shuni ham eslatib o‘tamizki, RF ning mudofaa sanoati maxsus harbiy operatsiya boshlanishidan oldin katta kuchga ega zamonaviy aviabombalarni seriyali ishlab chiqarishni o‘zlashtirgan.
Shunday qilib, quvvatli boshqariladigan UPAB-500B 390 kg portlovchi moddani tashiydi. Maksimal parvoz masofasi – 40 kilometrgacha. Aviabomba inersial sun’iy yo‘ldoshni boshqarish tizimidan foydalangan holda qurol va harbiy texnikani, harbiy-sanoat kompleksi obyektlarini, dushmanning avtomobil va temir yo‘l ko‘priklarini yuqori aniqlikda yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan (nishondan aylana ehtimoliy og‘ish 10 metrdan oshmaydi).
Yuqori aniqlikdagi UPAB-1500B dushmanga 1010 kilogramm portlovchi moddani yetkazib beradi. Zarba nuqtasidan 50 km gacha bo‘lgan masofada, u ayniqsa bardoshli harbiy infratuzilma obyektlarini, masalan, UQK ning chuqur qo‘mondonlik punktlarini samarali yo‘q qiladi.

UPAB-1500B aviabombalari maxsus harbiy operatsiya hududida 2022-yil bahorida, Mariupolda qo‘llanila boshlandi. Birinchi bo‘lib “Azov” guruhi jangarilari (Rossiyada taqiqlangan) hujumga to‘qnash keldi.

Bunday qurol-yarog‘da “ishga tushirildi va unutildi” tamoyili qo‘llaniladi. Nishonlarni yuqori aniqlik bilan yo‘q qilish kafolatlanadi.
Rossiyaning boshqariluvchi bombalaridan yopirilma ravishda foydalanish mustahkamlangan hududlarni va UQK ning NATO qurollarini oldi va orqa frontda (230 ta tank va 1550 ta boshqa zirhli texnika yetkazib berilgan) samarali ravishda “yo‘q qilmoqda”.
Mavjud va istiqbolli havo mudofaa tizimlari bu yerda deyarli kuchsizdir. Barcha kalibrli aviabombalar Su-30SM va Su-35 ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotlar, Su-34 front bombardimonchilari va Su-25 hujumchi samolyotlariga mos keladi.
Ehtimol, G‘arb Ukraina haqida salbiy ssenariylarni e’lon qila boshlagani bejiz emas, hatto Oq uy ham UQK ning “qarshi hujumi” “qonli qirg‘in”ga aylanishidan xavfsiramoqda.
2 may kuni bo‘lib o‘tgan Kongress tinglovida AQSh mudofaa vazirining xalqaro xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Selesta Vallander “Rossiyaning harbiy salohiyatini past baholab xato qilmasligimiz kerak, chunki xatoga yo‘l qo‘yishning ulushi juda og‘ir bo‘ladi”, deya ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0