Pedagoglarga 56 kun yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’til beriladi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishDeti na uroke matematiki v sredney shkole № 89, uchastvuyushey v informatsionno-obrazovatelnom proyekte "Virtualnaya shkola".
Deti na uroke matematiki v sredney shkole № 89, uchastvuyushey v informatsionno-obrazovatelnom proyekte Virtualnaya shkola. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2023
Obuna bo‘lish
Deputatlar “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qilishdi.
TOShKENT,4 may — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasi bilan ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishini kafolatlash maqsadida sha’ni, qadr-qimmatini himoya qilish masalasida va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to‘lashdan ozod etish taklif etilmoqda.
Shuningdek, pedagog xodimni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilishni taqiqlash, ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga o‘qituvchi-murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagog xodimni biriktirish nazarda tutilyapti.
Shu bilan birga, davlat ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarni davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tishi, pedagog xodimning kasbiy faoliyati davomida yuqumli kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlash davlat tomonidan ta’minlanishi aks etmoqda.
Qolaversa, ellik olti ish kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’til berish belgilanmoqda.
Muhokamalar davomida deputatlar bu qonunning bugungi kundagi zarurati va ahamiyatini e’tiborga olib, uni yanada takomillashtirish, pishiq-puxta holatga keltirish, maromiga yetkazish bo‘yicha bir qator takliflar berdi.
Ushbu hujjat o‘qituvchilarning obro‘sini oshirish, qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligini ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Yakunda deputatlar bu qonun loyihasini qabul qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0