Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

© Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmatiO‘zbekistonda kuz!
O‘zbekistonda kuz! - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zgidromet: bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Respublikaning ayrim hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deb xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +12-14, kunduzi +25-27 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, chekka hududlarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Kechasi +13-18 daraja iliq, kunduzi +25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, chekka hududlarda chang- to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Kechasi +13-18 daraja iliq, kunduzi +27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, chekka hududlarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Kechasi +13-18 daraja iliq, kunduzi +25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, chekka hududlarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Kechasi +15-20 daraja iliq, kunduzi +30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, chekka hududlarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Kechasi +11-16 daraja iliq, kunduzi +25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Momaqaldiroq paytida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +5-10, kunduzi +15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0