https://oz.sputniknews.uz/20230502/samdu-talabalar-xalqaro-matematika-olimpiada-medal-34527157.html
SamDU talabalari xalqaro matematika olimpiadasida 3 ta medalga sazovor bo‘lishdi
SamDU talabalari xalqaro matematika olimpiadasida 3 ta medalga sazovor bo‘lishdi
Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro matematika olimpiadasining yakka tartibda o‘tkazilgan bahslarida Kamoliddinov kumush medalni, Abdurahmonov esa bronza medalni qo‘lga kiritdi.
2023-05-02T08:33+0500
2023-05-02T08:33+0500
2023-05-02T12:55+0500
jamiyat
turkmaniston
o‘zbekiston
samarqand
musobaqa
talabalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/02/34526661_43:0:1158:627_1920x0_80_0_0_42b8f0d4e69203c0a81452c9bf6fb59b.jpg
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Samarqand Davlat universiteti (SamDU) talabalari xalqaro matematika olimpiadasida 3 kumush va bronza medallarga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda SamDU matbuot xizmati xabar berdi.Turkmanistoning Ashxobod shahrida 23-28 aprel kunlari "OMOUS-2023" xalqaro matematika olimpiadasi o‘tkazildi.Musobaqada O‘zbekiston, Eron, AQSh, Rossiya, Meksika, Arabiston, Vengriya kabi 20 davlatdan 300 dan ziyod talaba qatnashdi. O‘zbekistondan SamDU matematika fakulteti talabalari Davlat Kamoliddinov va Bobomurod Abdurahmonov ishtirok etishdi.Jamoaviy bahslarda esa universitet talabalari bronza medaliga ega chiqishdi.Magistrant Kamoliddinov ushbu olimpiadada ishtirok etgan 46 nafar o‘zbekistonlik talabalar orasida eng yuqori natijani qayd etgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/02/34526661_182:0:1018:627_1920x0_80_0_0_b57cf98cc86906821b97b68c3f8c01d4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turkmaniston o‘zbekiston samarqand musobaqa talabalar
turkmaniston o‘zbekiston samarqand musobaqa talabalar
SamDU talabalari xalqaro matematika olimpiadasida 3 ta medalga sazovor bo‘lishdi
08:33 02.05.2023 (yangilandi: 12:55 02.05.2023) Xalqaro matematika olimpiadasining yakka tartibda o‘tkazilgan bahslarida Kamoliddinov kumush medalni, Abdurahmonov esa bronza medalni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Samarqand Davlat universiteti (SamDU) talabalari xalqaro matematika olimpiadasida 3 kumush va bronza medallarga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda
SamDU matbuot xizmati xabar berdi.
Turkmanistoning Ashxobod shahrida 23-28 aprel kunlari "OMOUS-2023" xalqaro matematika olimpiadasi o‘tkazildi.
Musobaqada O‘zbekiston, Eron, AQSh, Rossiya, Meksika, Arabiston, Vengriya kabi 20 davlatdan 300 dan ziyod talaba qatnashdi. O‘zbekistondan SamDU matematika fakulteti talabalari Davlat Kamoliddinov va Bobomurod Abdurahmonov ishtirok etishdi.
"Olimpiada ikki turda, jumladan, yakka va jamoaviy tarzda o‘tkazildi. Yakka tartibda o‘tkazilgan bahslarda Kamoliddinov kumush medalni, Abdurahmonov esa bronza medalni qo‘lga kiritdi", deyiladi xabarda.
Jamoaviy bahslarda esa universitet talabalari bronza medaliga ega chiqishdi.
Magistrant Kamoliddinov ushbu olimpiadada ishtirok etgan 46 nafar o‘zbekistonlik talabalar orasida eng yuqori natijani qayd etgan.