Maktablar 12-yillik ta’limga o‘tadimi?

© MNOShkolniki Uzbekistana
Shkolniki Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2023
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablari 12-yillikka uzaytirilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim muddati o‘zgarmadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablari 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab 11-yillik ta’limdan 12-yillikka uzaytirilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Vazirlik bunday xabarlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qildi.

“O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim 11-yilni tashkil qiladi”, - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, umumiy o‘rta ta’limning muddati 11-yil bo‘lib, uzluksiz ta’lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanadi.

Mavzuga doir:

Maktab bitiruvchilariga uchtagacha akademik litseyni tanlash imkoniyati beriladi.
Bolani maktabdan maktabga onlayn ko‘chirish imkoniyati yaratildi.
Maktab bitiruvchilari uchun namunaviy imtihon materiallari e’lon qilindi.
Yangiliklar lentasi
0