Ertaga Toshkentda quyosh xavfli darajada nur sochadi — mutaxassis

© unsplash/Scott GoodwillJarkaya pogoda
Jarkaya pogoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentda tush payti quyoshning ultrabinafsha nurlanish indeksi 11 ballik shkalada 10 ballik bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Ertaga Toshkentda quyosh xavfli darajada nur sochadi. Bu haqda O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkentda tush payti quyoshning ultrabinafsha nurlanish indeksi 11 ballik shkalada 10 ballik bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Quyosh nuri allergik reaksiyani keltirib chiqarishi mumkin.

“Bu quyoshning xavfli darajadagi nur sochishi ekanini ta’kidlab o‘tish joiz. Ammo mavsumga xos emas. Bu kabi keskinlik quyoshda 30-aprel kuni kuchli chaqnashlar fonida ro‘y berayotgan ko‘rinadi”, - deb yozadi u o‘zining Telegram-kanalida.

Bunday hollarda ochiq oftob ostida himoya bosh kiyimlarini kiyib olish tavsiya etiladi.
Ma’lumot uchun, quyosh chaqnashlari Yerda magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin, bu esa o‘z navbatida energiya tizimlarini buzadi hamda qushlar va hayvonlarning migratsiya shakllariga ta’sir qiladi.
jara, zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2022
Jaziramadan saqlanish uchun foydali tavsiyalar
Yangiliklar lentasi
0