O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaMolodejnaya sbornaya Uzbekistana po greble
Molodejnaya sbornaya Uzbekistana po greble - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2023
Obuna bo‘lish
Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha U18, U23 yosh toifalari hamda parakanoe yo‘nalishida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha U18, U23 yosh toifalari hamda parakanoe yo‘nalishida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Oltin medal:
C1 200 metr: Vladlen Denisov (U23).
Kumush medal:
K1 200 metr: Madinabonu Islamova (U23);
K2 200 metr: Kamila Malaxova, Dilshoda Abdurahmonova (U23).
Bronza medal:
K2 200 metr: Boburjon Ermetov, Sarvarbek Aliboyev (U18);
S2 200 metr: Tursunoy Umaraliyeva, Farangiz Ortiqboyeva (U18);
S2 200 metr: Asadbek Qurbonov, Kamron Shakarov (U18).
Qit’aning 11 mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar o‘rtasidagi bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasi U18 va U23 yosh toifalarida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik sportchilar mazkur yo‘nalishda 26 ta oltin, 12 ta kumush va 10 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.
Paralimpiyachilar esa 4 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida uchinchi bo‘lishdi.
Yangiliklar lentasi
0