Janubiy Koreya uchun yadroviy soyabon qimmatlashdi

© Sputnik / Mariya Plotnikova / Mediabankka o‘tishUchastniki mitinga s flagami Yujnoy Korei, SShA, Velikobritanii na odnoy iz ulis v Seule.
Uchastniki mitinga s flagami Yujnoy Korei, SShA, Velikobritanii na odnoy iz ulis v Seule. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2023
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreyaning Germaniyadan iayer afzal bo‘lishi mumkin? Agar AQSh o‘zining Yevropadagi ittifoqchisini iqtisodiy vayronaga aylantirayotgan bo‘lsa, nega Osiyodagi ittifoqchisiga ham shunday qila olmaydi? Qila oladi va qilmoqda ham.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolning Vashingtonga yaqinda bo‘lib o‘tgan tashrifining hamma payqagan jihatlari haqida emas – u yerda muzokaralar nafaqat yadroviy qurol, balki iqtisodiyot haqida ham olib borilgan edi.
Dunyo bo‘yicha aksariyat sharhlar baribir qurol haqida bo‘lmoqda. Aytishlaricha, prezident Yun Janubiy Koreya ham Shimoliy Koreya yadroviy arsenaliga teng ravishda o‘z yadro bombasini yaratish bilan tahdid qilgan va Baydenni qiyin vaziyatga qo‘ygan emish. Bayden esa Yunni bu fikridan qaytaribdi, evaziga yarim orol janubida “yadroviy soyabon” tashkil etishni va’da qilibdi. “Soyabon” deyilganda – Shimoliy Koreya birinchi bo‘lib Janubiy Koreyaga qarshi yadroviy qurolidan foydalansa, unga qarshi yadroviy qurolini qo‘llash bo‘yicha AQShniing majburiyati nazarga tutilmoqda. Bugunning o‘zidayoq Koreya dengizlariga AQSh yadroviy suv osti kemasi, keyin esa boshqa shunga o‘xshash kemalarning olib kelinishi haqida gapirishmoqda.
Yarim orol yerlarida bunday qurollar bo‘lmasligi kerak. Lekin u yerdagi AQSh harbiy bazalari ro‘yxatiga nazar tashlasangiz (bir yarim sahifalik), kim ham ularni nazorat qilardi. Hozirda yadroviy rejalashtirish bo‘yicha qo‘shma komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, ya’ni rasmiy ravishda Janubiy koreyaliklar bu voqeada xuddi yevropaliklar kabi ishtirok etadilar.
Bu holatda asosiysi shundaki, hamma bir narsani tushunib turibdi: aslida yadroviy va boshqa qurollar yo‘naltirilgan davlat bu – Xitoy.
Itoatsiz Shimoliy Koreya haqidagi qo‘rqinchli hikoyalar oxirgi marta 2018-yilda, Donald Tramp va Kim Chen In uchrashuvi arafasida kimlarnidir tashvishga solgan edi. Aytgancha, o‘sha uchrashuvning yakuniy hujjatida, shunchaki hazilomuz butun yarim orolni yadroviy quroldan tozalash haqida gapirilgan edi. Qanday bo‘lmasin, bugun, Yun Sok Yolning AQShga tashrifidan so‘ng, haqiqat yuzaga chiqdi: Shimol yadro arsenaliga bo‘lgan huquqini himoya qildi, u Amerika harbiylarining Sharqiy Osiyodagi harakatlari uchun bahonali yolg‘on pozitsiyada bo‘lishni davom etishi dargumon. Haqiqiy nishon – Xitoy, shunchaki, bugunda bu mavzular ochiq gapirilmoqda.
Xitoyning o‘zi ham nashrlarda va rasmiy bayonotlarda AQSh va Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatiga e’tibor qaratdi. Ya’ni, "yadroviy soyabon" yukidan tashqari ko‘plab iqtisodiy muammolarga duch keladi.
Xususan, Oq uyda Yunni Janubiy Koreya yarimo‘tkazgich ishlab chiqaruvchilari Xitoy bozorida, AQSh kompaniyalari chiqib ketganidan keyin hosil bo‘lgan bo‘shliqlarni to‘ldirishga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘ndirildi ("majburlandi" deb tushunavering).

Umuman olganda, Amerika – Janubiy Koreyaning asosiy savdo hamkorlari ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqqan Xitoy va uzoq ikkinchi o‘ringa tushib ketgan AQSh bilan bog‘liq vaziyatni o‘zgartirishi kerak. Xuddi shunday holat 2016-yilda ham bo‘lgan, AQSh o‘shanda "dahshatli" Shimoliy Koreyaga qaratilgan THAAD raketaga qarshi tizimini joylashtirgan va shundan so‘ng Xitoy Seulga nisbatan darhol og‘riqli sanksiyalar qo‘ygan edi.

Janubiy Koreyani kamroq foyda keltiradigan savdoga majburlash va Xitoy bilan aloqani uzdirish – AQSh Hindiston bilan va umuman dunyodagi hamma bilan amalga oshirishga harakat qilayotgan bir xil tizimdagi cheklash harakatlaridir. Shu jumladan, yana bir osiyolik hamkor – Tayvan ham. Natijada yilning birinchi choragida Janubiy Koreyaning Xitoy bilan savdo aylanmasi 26,5 foizga qisqardi, bu esa barcha eksport hajmining 19,2 foizga qisqarganini anglatadi. 1990-yillardan boshlab, Tayvan, xuddi Janubiy Koreya kabi, birinchi navbatda, yiliga 100 milliard dollargacha profitsit bilan savdo qilgan Taypeyning Xitoy bilan biznesi tufayli gullab-yashnadi. Endi esa orolning tashqi savdo balansi so‘nggi o‘n to‘rt yil ichida eng yomon ko‘rsatkichga tushib ketdi. AQSh bilan hamkorlikning majburiyati bor: siz qurollanganbo‘lasiz, ammo och.
Umuman olganda, bugungi kunda yadroviy soyabonlar va bunday hamkorlikning jihatlari avvalgidek emas. Eslatib o‘tamiz, Sovuq urush boshlanishida ularga nafaqat iqtisodiy yordam tatbiq qilingan edi. AQSh G‘arbiy Germaniya iqtisodiy mo‘’jizasini yaratishda ham yaxshigina ishtirok etdi, bugungi kunda esa endi o‘zi uni vayron qilmoqda. Bir paytlar Koreya yarim orolining qashshoq va qoloq qismi bilan ham shunday bo‘ldi. Janubiy Koreya mo‘’jizasi birinchi navbatda AQSh, shundan keyingina ko‘tarila boshlagan Yaponiya va boshqalarsiz sodir bo‘lmasdi.
Savol tug‘iladi: nega bugun buning aksi bo‘lmoqda? Qaysi mintaqada bo‘lishidan qat’i nazar, nima uchun AQSh ittifoqchisi bo‘lish bu ittifoqchining iqtisodiy imkoniyatlariga putur yetkazish, uni qashshoqlikka yetaklashni anglatadi? Javoblar juda ko‘p, lekin har safar bunday hamkorlik poydevori ishonchsiz va mo‘rt bo‘lib chiqadi.
Yangiliklar lentasi
0