Rossiya xorijlik talabalar uchun 30 mingta kvota ajratadi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishStudenti na leksii
Studenti na leksii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vazirligi abituriyentlarning qabul darajasi o‘tgan yilgidan bir xil darajada yoki hatto undan yuqori bo‘lishini kutmoqda.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Rossiya 2023-yilda boshqa mamlakatlar talabalari uchun 30 ming kvota ajratadi. Bu haqda Rossiya ta’lim va fan vaziri Valeriy Falkov ma’lum qildi.
Valeriy Falkovning so‘zlariga ko‘ra, 2020-yilda xorijliklar uchun atigi 15 ming kvota bo‘lgan. Bu safar mamlakatga xorijlik talabalarning katta oqimi kelishi kutilmoqda.

“Biz juda umid qilamizki, hattoki aminmizki, xorijliklarni qabul qilish ko‘rsatkichlari ham o‘tgan yilgi darajada yoki undan yuqori bo‘ladi”, - dedi Falkov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijlik talabalar Rossiyaga eng ko‘p Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Belarus, Misr va Xitoydan keladi.
Rossiya oliy o‘quv yurtlarida 2023-2024 o‘quv yilida 626 mingdan ortiq davlat tomonidan moliyalashtiriladigan o‘rinlar bo‘ladi. Ulardan qariyb 447 ming nafari kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlariga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, vazirning ta’kidlashicha, Rossiyaning 1000 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va ularning filiallari, jumladan, xususiy muassasalar universitetlarga onlayn qabul qilish xizmatiga ulangan.
Yangiliklar lentasi
0