Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

Referendumda muddatidan oldin ovoz berganlar soni ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir AlekseyevUrna dlya golosovaniya v posolstve Uzbekistana v Moskve.
Urna dlya golosovaniya v posolstve Uzbekistana v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2023
Obuna bo‘lish
MSK: muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarida 611 320 nafar fuqaro ishtirok etdi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekiston referendumida 611 320 nafar fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi malum qildi.
O‘zbekistonda 19-26 aprel kunlari yangi yangilanayotgan Konstitutsiya bo‘yicha referendumda muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
"O‘zbekiston Respublikasining referendumida joriy yil 19-26 aprel kunlari 611 320 nafar fuqarolar muddatidan oldin ovoz berdilar", deyiladi xabarda.
Referendumda muddatidan oldin ovoz berish uchun saylov uchastkalari ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha, shuningdek, dam olish va bayram kunlari soat 12:00 dan 16:00 gacha ochiq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda referendumning asosiy kuni 30-aprel kuniga belgilangan. “Referendum to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, referendum kuni o‘z yashash joyida bo‘la olmaydigan O‘zbekiston fuqarosi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Referendumga “Siz “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qabul qilasizmi?”, degan masala olib chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0