"Patriot" va F-16 Ukrainada: Amerika afsonalari barbod bo‘lmoqda

© AP Photo / Sebastian ApelZenitno-raketniy kompleks "Patriot". Arxivnoe foto.
Zenitno-raketniy kompleks Patriot. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2023
Obuna bo‘lish
Ukrainadagi "Patriot" zenit-raketa komplekslari AQSh milliy manfaatlariga tahdid solmoqda, chunki bu komlpekslar dushman samolyotlari va raketa qurollariga qarshi kurashda samarasizdir.
Qirq yillik foydalanish davomida “Patriotlar” birorta ham dushman samolyotini urib tushirmagan. Yaman isonchilarining dronlari va raketalari bilan jang ham mag‘lubiyat bilan yakunlangan – "Patriot" zenit-raketa tizimiga asoslangan havo mudofaa tizimi Saudiya Arabistoni obyektlarini qo‘shma havo hujumlaridan himoya qila olmagan. Rossiya maxsus harbiy operatsiya hududi G‘arb qurollarining sifatini kuchli tekshiruvdan o‘tkazdi va AQShning havo mudofaasi bilan raketa hujumiga qarshi mudofaa sohasidagi texnologik qoloqligini tasdiqlaydi.

AQSh Yevropadagi Qurolli kuchlari va NATOning Birlashgan Qurolli kuchlari qo‘mondoni, amerikalik general Kristofer Kavoli 26-aprel kuni bo‘lib o‘tgan Kongressda – Kiyev va’da qilingan jangovar texnikaning 98 foizini olganini ma’lum qildi: “Biz allaqachon Kiyevga qarshi hujum uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib berdik va hozirgi operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun yetkazib berishni davom ettiramiz”.

Ular tarkibiga – tanklar, piyoda jangovar mashinalar, boshqa texnikalar, shu jumladan "Patriot" zenit-raketa tizimi kiradi. Pentagon vakillari Odessada Ukrainaga olib kelingan qurollarni muntazam tekshirib turmoqda (Rossiya “Kalibrlar”ining ostida buni bajarish oson emas). “Amalga oshirilayotgan operatsiyalar” hali kuzatilmadi – Ukraina Qurolli kuchlari yopiq mudofaa holatida.
Vashington va Berlin Kiyevga har biri tahminan 1 milliard dollar turadigan va to‘rtta zenit-raketali, 4-8 ta ishga tushiruvchi qurilmali ikkita "Patriot" zenit-raketa tizimi batareyasini yuborishga va’da berdi. Hammasi bo‘lib batareyada 16 dan 32 tagacha raketa mavjud. Avvalroq "Politico" UQK ballistik raketalarni tutib olish uchun mo‘ljallangan "Patriot MIM-104" modifikatsiyasini olishi haqida xabar bergan edi. Aprel oyida Ukrainada va’da qilingan to‘plamlardan biri jangovar vazifasini bajara boshladi. Albatta, Kiyev osmonida ularning ikkitasi va hatto uchtasi ham “hukmronlik” o‘rnata olmaydi. Maxsus harbiy operatsiya hududidagi rus qo‘shinlari ballistik raketalardan foydalanmaydi, tutib bo‘lmaydigan gipertovushli “Iskander”lar kvazi-ballistik trayektoriyalar bo‘ylab uchadi. Amerika kompleksi uchun rus samolyotlari, dronlari va qanotli raketalarini tutib olish deyarli hal qilib bo‘lmaydigan masaladir.

"Patriot" zenit-raketa tizimlari 40-yillik faoliyat davomida turli mamlakatlarda birorta ham dushman samolyotini urib tushirmagan. Saudiya Arabistoni obyektlariga o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketalarning zarbasi bilan yamanlik isonchilar 2021-yilning qishida Amerika havo mudofaa tizimlarini butun dunyoga sharmanda qilgan.

O‘rta masofali raketalar, ehtimol, kelib chiqishi Eron yoki Yaman bo‘lgan, 1000 km masofani va "Patriot" zenit-raketa tizimlari uchun oltita “kengaytirilgan” joylashuv hududini bosib o‘tgan, THAAD tizimi tomonidan faqat Er-Riyod ustida aniqlangan va tutib olingan. 200 km gacha masofali yuqori ixtisoslashtirilgan raketaga qarshi tizim "Terminal High Altitude Area Defense" (THAAD) Rossiyaning S-500 zenit-raketa tizimining Amerika muqobili hisoblanadi, ammo undan yomonroq harakteristikaga ega. Avvalroq Saudiya Arabistoni havo mudofaa kuchlari 2019-yil kuzida “Patriotlar” bilan xusiylarning neft obyektlariga raketa hujumini amalga oshira olmagan edi. 2017-yil dekabr oyida xusiylarning Burkan 2-H ballistik raketasiga uchirilgan beshta "Patriot PAC-2" majmuasining MIM-104C raketalaridan hech biri mo‘ljalga tegmagan.

Patriot – asli “patriot” emas, nishonga u ura olmas

Amerikaning "Patriot" zenit-raketa tizimi 1983-yilda ishlab chiqilgan va yirik dengiz va havo bazalarini, ma’muriy-sanoat markazlarini – har qanday havo hujumlaridan himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Reklamalarda aytilishicha, "Patriot" zenit-raketa tizimi bir vaqtning o‘zida 100 dan ortiq havo nishonlarini aniqlash, sakkizta tanlan nishonni doimiy ravishda kuzatishva ularning har biriga uchtadan raketa bilan –100 kmgacha va 60 metrdan 24 kilometrgacha, 90 darajali sektorda balandlikda hujum qilishga qodir. Shunga qaramay, Vashington osmoni “Norvegiya xarakterli” NASAMS havo mudofaa tizimlari tomonidan “patriotmas holda” qo‘riqlanadi.
Zamonaviy harbiy to‘qnashuvlarda "Patriot" zenit-raketa tizimi “mutlaq” yutqizmoqda, 2020-yil yanvar oyida Eronning raketa zarbalari Iroqdagi AQShning yirik harbiy bazasida 100 ga yaqin amerikalik askarni yo‘q qilgani tasodif emas. "Patriot" nishonlarni tor sektorda, faqat ufq balandligidagini aniqlaydi va 60 metrgacha balandlikda past uchadigan nishonlarni – raketalar va dronlarni “ko‘rmaydi”. Gipertovushli obyektlarga yeta olmaydi. Jangovar sharoitda nishonga tegish ehtimoli 0,4 ni tashkil etadi, ya’ni uchta raketadan bittasi tegadi. 150 km gacha bo‘lgan mudofaa chegaralaridaAmerika kompleksi Rossiyaning “Pansir” zambarakli zenit-raketa tizimining samaradorligidan orqadadir. S-350 “Vitaz” zenit-raketa tizimining samaradorligini gapirmasa ham bo‘ladi.
Ukraina havo mudofaa tizimlari aprel oyi oxiriga kelib butunlay tanazzulga uchrayotganidan va Rossiya hujumchi samolyotlariningmaxsus harbiy operatsiya hududida hukmronligi kuchayotganidan Pentagon xavotirda. Shu bilan birga, “afsonaviy” "Patriot" zenit-raketatizimi ikkita batareyasining imkoniyatlari Ukrainada hech kimni yanglishtirishi kerak emas.

Majmua uzoq vaqtdan beri texnologik jihatdan eskirgan, modernizatsiya salohiyati tugagan. Bu esa umuman “patriot” (vatanparvar) emas, balki faqat inglizcha "Phased Array Tracking Radar to Intercept On Target" nomining qisqartmasi (ko‘rish chizig‘i bo‘ylab nishonni ushlash uchun kuzatuvchi radarli kompleks).

Ukraina osmonida Amerikada ishlab chiqarilgan “injiq” F-16 qiruvchilarining ehtimoliy paydo bo‘lishi – faqat AQSh harbiy-sanoat kompleksining bozor manfaatlariga zarba berishga qodir. Ukraina harbiy harakatlarteatrida bu samolyotlar jangovar tayyor emasligi aniq, ular maxsus xizmatni, toza uchish-qo‘nish yo‘laklarini talab qiladi.
"Business Insider" nashrining ta’kidlashicha, Rossiya UQKning har qanday aerodromlarini qiruvchi samolyotlar – F-16 ni qabul qilgunigaqadar yo‘q qiladi. Pentagon buni tushunadi va ikkiyuzlamachilik bilan ta’kidlaydi: “F-16 lar Ukraina uchun ustuvor ahamiyatga ega emas”, chunki havoni “yer usti havo mudofaasi yordamida” juda samarali boshqarish mumkin ekan. Biz avvalroq Amerika havo mudofaasi va raketaga qarshi mudofaa texnologiyalarini ko‘rib chiqqan edik. Shu bilan birga Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina mojarosida Rossiya harbiy aviatsiyasining salohiyati kam zarar ko‘rgan va Havo-kosmik kuchlarda “1000 ta qiruvchi va bombardimonchi samolyotlar” mavjud.
Yangiliklar lentasi
0