Namanganda yirik mevachilik klasteri tashkil etiladi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishSbor fruktov
Sbor fruktov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2023
Obuna bo‘lish
Mazkur loyiha Rossiya bilan hamkorlikda bo‘lib, to‘g‘ridan to‘g‘ri 20,9 mln dollar miqdorda investitsiya kiritiladi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Namangan viloyatining Chortoq tumani Oq ariq mahallasida yirik mevachilik klasteri quriladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot kotibi Farhod Mamadaliyev Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yirik mevachilik klasteri tumandagi asosiy infratuzilmalardan bo‘lishi kutilmoqda.

“Ushbu loyiha mevachilik iqtisodiyotiga katta ta’sir o‘tkazadi. Dastlab 50 gektar maydonga jahon bozorida xaridorgir noyob karam mahsulotlari ekiladi va eksporti yo‘lga qo‘yiladi”, - dedi Farhod Mamadaliyev.

Mazkur loyiha Rossiya bilan hamkorlikda bo‘lib, to‘g‘ridan to‘g‘ri 20,9 mln dollar miqdorda investitsiya kiritiladi.

“Loyiha doirasida intensiv bog‘ barpo qilinadi. Unda mahalliy va jahon bozorida talab katta bo‘lgan mevali daraxtlarni yetishtirish orqali yuqori ko‘rsatkichli hosil olish rejalashtirilmoqda. Klasterni ishga tushirish va samarali foydalanishda malakali mutaxassislar jalb qilinmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi Mamadaliyev.

Chortoq tumani hududida 679,2 gektar adir maydonida meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladi va eksportga yo‘naltiriladi.
Loyihani to‘liq ishga tushirilishi natijasida 180 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Ma’lumot uchun, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on, Chust, Pop va Chortoq tumanlarida meva-sabzavotchilik rivojlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0