Samarqand — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovVokzal Samarkanda
Vokzal Samarkanda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2023
Obuna bo‘lish
“Afrosiyob” elektropoyezdi 28-aprel kunidan 1-may kunigacha harakatlanadi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Ertadan Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 28-aprel kunidan 1-may kunigacha 767/768-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha 4 ta reys harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
767-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi - Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19;
768-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi - Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48.
Qayd etilishicha, qo‘yilgan qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar chiptalari turistik firmalar tomonidan berilgan arizalarni chetlab o‘tgan holda barcha chiptalar erkin savdoga chiqarildi.⠀
Skorostnoy poyezd Afrosiyeb - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2023
Toshkent — Qarshi yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Yangiliklar lentasi
0