O‘zbekistondan Turkiyaga uchayotgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi

© press-slujba Uzbekistan AirwaysV samolete, letevshem iz Uzbekistana v Tursiyu, rodilsya malchik
V samolete, letevshem iz Uzbekistana v Tursiyu, rodilsya malchik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2023
Obuna bo‘lish
Ona va yangi tug‘ilgan chaqaloq klinikaga yotqizilgan, ularning ahvoli barqaror deb baholangan.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Kecha, 26-aprel kuni, “Uzbekistan Airways” bortida chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
“Kecha Toshkent-Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha HY273 reysi chaqaloq dunyoga kelishi bilan yakunlandi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, tug‘ruq Istanbulga yaqinlashganda boshlangan. Ayol bortkuzatuvchilarga og‘riq boshlanganligini bildirgan. Brigadir bortdagi yo‘lovchilarga murojaat qilib, ular orasida shifokorlar bo‘lsa yordam berishlarini so‘ragan.
Biroz vaqt o‘tgach, yo‘lovchi o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Samolyot qo‘ngach, Istanbul xalqaro aeroportining tibbiyot xodimlari bortga chiqqan. Ona va yangi tug‘ilgan chaqaloq klinikaga yotqizilgan, ularning ahvoli barqaror deb baholangan.
Yangiliklar lentasi
0