O‘zbekistonning to‘rtta aeroporti xususiy sektorga topshiriladi

© Press-slujba "Uzbekistan Airports"Mejdunarodniy aeroport "Andijan"
Mejdunarodniy aeroport Andijan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2023
Obuna bo‘lish
Biz transport sohasida raqobat muhitini yaratishga qaratilgan islohotlarni davom ettiramiz, dedi prezident.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida ma’lum qildi.
“Biz transport sohasida raqobat muhitini yaratishga qaratilgan islohotlarni davom ettiramiz. Bu yil Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvini ham xususiy sektorga topshiramiz. Temir yo‘l sohasida ham katta o‘zgarishlarni boshlayapmiz va bunda investorlar faol ishtirok etishlarini so‘rab qolaman”, - dedi prezident.
Ta’kidlanishicha, shu bilan birga, tez o‘sib kelayotgan IT, turizm, ta’lim, tibbiyot kabi sohalarda O‘zbekiston mintaqaviy xabga aylanib borayotgani ham bu yo‘nalishdagi katta imkoniyat.
Bu yil davlat-xususiy sheriklikni joriy qilish bo‘yicha 14 milliard dollarlik alohida dasturlar xalqaro moliya institutlari ko‘magida ishlab chiqildi. Qayd etilishicha, bular davlat uchun muhim bo‘lgan transport, kommunal va suv xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash kabi tarmoqlarni qamrab oladi.
Yangiliklar lentasi
0