https://oz.sputniknews.uz/20230427/mirziyoev-osiyo-futbol-konfederatsiyasi-rahbarini-qabul-qildi-34313085.html
Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbarini qabul qildi
Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbarini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va konfederatsiya o‘rtasida sermahsul hamkorlik olib borilayotganiga alohida mamnuniyat bildirildi.
2023-04-27T07:55+0500
2023-04-27T07:55+0500
2023-04-27T11:28+0500
prezident
shavkat mirziyoyev
futbol
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1b/34312643_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_5305f23e61bc525eec8a5f57daf3daac.jpg
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Davlat rahbari Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qit’a konfederatsiyasi prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan samimiy qutlab, Osiyoda ushbu sport turini ommalashtirishga qo‘shayotgan shaxsiy hissasini qayd etdi.O‘zbekiston va konfederatsiya o‘rtasida sermahsul hamkorlik olib borilayotganiga alohida mamnuniyat bildirildi.Uchrashuv davomida Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, yirik tadbirlar, shu jumladan xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasidagi birinchiliklarni tashkil etish va o‘tkazish, ushbu sport turini ommalashtirish, ilg‘or tajribani joriy qilish va metodologik yordam ko‘rsatish, murabbiylarning malakasini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1b/34312643_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_bbe68310c10f0aa42f00723e16281cae.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev futbol
shavkat mirziyoyev futbol
Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbarini qabul qildi
07:55 27.04.2023 (yangilandi: 11:28 27.04.2023) O‘zbekiston va konfederatsiya o‘rtasida sermahsul hamkorlik olib borilayotganiga alohida mamnuniyat bildirildi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Davlat rahbari Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qit’a konfederatsiyasi prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan samimiy qutlab, Osiyoda ushbu sport turini ommalashtirishga qo‘shayotgan shaxsiy hissasini qayd etdi.
O‘zbekiston va konfederatsiya o‘rtasida sermahsul hamkorlik olib borilayotganiga alohida mamnuniyat bildirildi.
Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa O‘zbekistonda havaskor va professional futbolni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy infratuzilma va o‘qitish bazasini barpo etish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni yuqori baholadi. Mamlakatda yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani va yaqinda milliy terma jamoa g‘alaba qozongani bilan chin dildan tabrikladi.
Uchrashuv davomida Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, yirik tadbirlar, shu jumladan xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasidagi birinchiliklarni tashkil etish va o‘tkazish, ushbu sport turini ommalashtirish, ilg‘or tajribani joriy qilish va metodologik yordam ko‘rsatish, murabbiylarning malakasini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.