Rossiya iqtisodiyotini yo‘q qilish istagi G‘arbni o‘z joniga qasd qilishga olib keladi — OAV

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishFlagi stran Yevrosoyuza u zdaniya v Brussele
Flagi stran Yevrosoyuza u zdaniya v Brussele - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2023
Obuna bo‘lish
"Global Times": G7 davlatlari o‘zlarining barcha imkoniyatlarini tugatganliklarini his qilmoqdalar va Rossiyaga eksportni deyarli to‘liq taqiqlash, jumladan, G‘arbning o‘zi uchun halokatli bo‘ladi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Rossiya iqtisodiyotini yo‘q qilish istagi G‘arbni o‘z joniga qasd qilishga olib keladi. Bu haqda Xitoyning "Global Times" nashri yozmoqda, deya xabar berdi RIA Novosti.
Avvalroq "Kiodo" agentligi Yaponiya hukumatidagi manbalariga tayanib, G7 davlatlari deyarli barcha tovarlarni Rossiyaga eksport qilishni taqiqlash masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.
Britaniyaning "Financial Times" gazetasi o‘z manbalariga tayanib, keyinroq Yevropa Ittifoqi va Yaponiya Qo‘shma Shtatlar tomonidan taklif qilingan ushbu tashabbusga qarshi ekanini ma’lum qildi.

“G‘arb, aftidan, Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashda boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Endi u hatto bosimni kuchaytirish uchun o‘z joniga qasd qilish cheklovlarini talab qilmoqda va shu bilan dunyoni inqirozlar va urushlarni to‘xtatish imkoniyatidan mahrum qilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Gazetaning yozishicha, G7 davlatlari o‘zlarining barcha imkoniyatlarini tugatganliklarini his qilmoqdalar va Rossiyaga eksportni deyarli to‘liq taqiqlash, jumladan, G‘arbning o‘zi uchun halokatli bo‘ladi.
Agar shunday qaror qabul qilinsa, dunyo ancha og‘ir energiya, oziq-ovqat va iqtisodiy inqirozlarga duch keladi, bundan hamma jabr ko‘radi, deya ishonch bildirishdi material mualliflari.
Biroq, nashr ta’kidlaganidek, G‘arb mamlakatlari Rossiya iqtisodiyotini butunlay yo‘q qilishga bo‘lgan nosog‘lom vasvasasidan voz kechish imkonsiz ko‘rinadi, garchi bunday strategiya hamma uchun yo‘qotish bo‘lsa ham.

“Katta yettilik davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni hech qachon, ozgina bo‘lsa ham yengillashtirmaydi, aksincha, turli yo‘llar bilan Rossiyaga bosimni kuchaytiradi. Ammo Amerika gegemoniyasining tanazzulga uchrashi muqarrar ekan, AQSh va uning G‘arbdagi asosiy ittifoqchilarining qulashi ham muqarrar bo‘ladi”, - deb yozadi nashr.

Vashingtonda Rossiya sanksiyalarga dosh bera oladi va rivojlanishda davom etadi, G‘arbning kollektiv gegemonligiga tahdid soladi, degan qo‘rquvdan xavotir kuchaymoqda, deya xulosa qiladi nashr.
G‘arb sanksiyalari

Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.

Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.

Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0