O‘zbekiston va Chexiya hamkorlikning har bir yo‘nalishi bo‘yicha ishchi guruhlar tuzadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s premyer-ministrom Chexii Petrom Fialoy
Prezident Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s premyer-ministrom Chexii Petrom Fialoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2023
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Chexiya respublikasi bosh vaziri Petr Fiala boshchiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qildi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Chexiya hamkorlikning har bir yo‘nalishi bo‘yicha ishchi guruhlar tuzish va “yo‘l xarita”larini ishlab chiqadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti va Chexiya Bosh vaziri bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Chexiya respublikasi bosh vaziri Petr Fiala boshchiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuv chog‘ida o‘z mintaqalarida sanoat peshqadamlari bo‘lgan mamlakatlarning o‘zaro manfaatli hamkorligida mavjud salohiyatni samarali ishga solish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Hukumatlararo komissiya ishini faollashtirish va uning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish zarurligi qayd etildi.
Qazib chiqarish tarmog‘i, energetikani modernizatsiya qilish, energetik mashinasozlik, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va charm sanoati, transport va logistika, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, transport yo‘laklarini rivojlantirish va boshqalar ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.
O‘zbekistonda Chexiyaning ilg‘or texnologiyalarini keng joriy qilishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va birgalikda moliyalashtirish vositalaridan foydalanish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bundan tashqari, Ishbilarmonlar kengashining faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilmoqda, uning doirasida O‘zbekiston va Chexiya poytaxtlari va hududlarida biznes-forumlarni muntazam o‘tkazib borish rejalashtirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0