Erdog‘an intervyu vaqtida o‘zini yomon his qildi – video

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishRedjep Tayip Erdogan, arxivnoe foto
Redjep Tayip Erdogan, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2023
Obuna bo‘lish
Turkiya yetakchisi oshqozon grippi tufayli jonli efirda o‘zini yomon his qildi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning mahalliy telekanallarga bergan intervyusi to‘satdan uzilib qoldi. Turkiya yetakchisi oshqozon grippi tufayli jonli efirda o‘zini yomon his qildi.
Suhbat seshanba oqshomida respublika rahbarining saylovoldi dasturining tig‘izligi tufayli kech boshlandi. Jurnalist Vazirlar mahkamasidagi bo‘lajak o‘zgarishlar haqida savol bera boshlaganida, jonli efir to‘satdan to‘xtatildi. Uzoq davom etgan tanaffus ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi.

"Birinchi navbatda sizga sog‘lik tilayman. Kecha va bugun saylovoldi tashviqot ishlari ko‘p bo‘ldi. Shuning uchun oshqozon grippiga chalindim. Hattoki ko‘rsatuvni bekor qilish haqida o‘yladim. Lekin biz va’da berdik va keldik. Men sizdan va tomoshabinlaridan uzr so‘rayman", - dedi Erdog‘an jonli efirga bir ozdan so‘ng qaytib.

Ikkita qisqa savoldan so‘ng moderator “janob prezidentga dam olish uchun ruxsat berish” maqsadida Turkiya rahbari bilan suhbat yakunlanayotganini aytdi.
Keyinchalik Turkiya prezidentining matbuot kotibi Ibrohim Kalin "Tayyip Erdog‘anning sog‘lig‘i yaxshi", deb yozdi Twitterdagi sahifasida.
Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari 14-mayga belgilangan. Amaldagi prezident Tayyip Erdog‘anning asosiy raqibi – “Respublika ittifoqi”dan yagona nomzod – muxolifatdagi “Xalq ittifoqi” partiyasidan Kamol Qilichdoro‘g‘li. Shuningdek, saylovda "Memleket" partiyasi rahbari Muharrem Inje va "Ata" ittifoqi nomzodi Sinan Ogan ham ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0