Sankt-Peterburgdagi migrantlar qizamiqqa qarshi emlanadi

© Sputnik / Press-slujba nauchnogo sentra virusologii i biotexnologiy "Vektor" / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya
Vaksinatsiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2023
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburgdagi migrantlar qizamiqqa qarshi emlanadi - Rospotrebnadzor shahar boshqarmasi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Sankt-Peterburgdagi migrantlar qizamiqqa qarshi emlanadi.
Bosh sanitariya shifokori Nataliya Bashketova Sankt-Peterburgda qizamiq bo‘yicha vaziyat murakkabligini aytdi.
“Sankt-Peterburg hududida chet el fuqarolarini ishga jalb qiluvchi kompaniyalar qizamiqga qarshi emlanmagan, kasal bo‘lmagan, o‘tmishdagi kasallik haqida ma’lumotga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari, 2023-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan ko‘rik natijalariga ko‘ra qizamiq virusiga qarshi antikor titri himoya darajasidan past bo‘lganlar qizamiqqa qarshi tozalovchi emlashni ta’minlashi shart (majburiy)”, deyilgan Rospotrebnadzor shahar boshqarmasi saytida e’lon qilingan qarorda.
Shu yilning yanvar-aprel oylarida shaharda qizamiqqa chalingan 31 kishi aniqlandi. Ularning 13 nafari bolalardir.
Qizamiq virusi havo tomchilari orqali yuqadi, u juda uchuvchan: kasal odam bilan aloqa qilish orqali emlanmagan odamni yuqtirish ehtimoli 100% ni tashkil qiladi.
Kasallik og‘ir shakllarda davom etishi mumkin, meningit, ensefalit, otit, pnevmoniya va boshqa ko‘rinishlardagi asoratlari bor.
Yangiliklar lentasi
0