Samarqanddan Yevropaga aviaparvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Mejdunarodniy aeroport Samarkanda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2023
Obuna bo‘lish
Samarqand aeroporti Yevropaga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Samarqand aeroporti Yevropaning yirik aviakompaniyalari bilan reyslar ochish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalistlarga “Air Marakanda” bosh direktorining aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Mariya Sharavina ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Qayd etilishicha, hozirda Samarqanddan Yevropaga reyslar yo‘q. Kompaniya Yevropaning yirik aviakompaniyalari bilan Yevropa davlatlaridan Samarqandga reyslar ochish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Bundan tashqari, yaqin kelajakda "Air Samarkand" Yevropa yo‘nalishlari hamda Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga yo‘nalishlarni qamrab olishni rejalashtirgan.
Sharavina yil boshidan buyon aeroport Rossiya shaharlariga ham parvozlar dasturini sezilarli darajada oshirgani, xususan, Qozon, Ufa, Sochi, Samara, Mineralnie Vodiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar ochilgani, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Moskvaga parvozlar soni ko‘paytirilganini qo‘shimcha qildi.
Shuningdek, 21-aprel kuni Rossiyaning “Pobeda” loukosteri Moskvadan ilk parvozini amalga oshirdi. U Samarqandga haftasiga ikki marta parvoz qilishni rejalashtirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0