Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Ukraina QKga qarshi "Armata" tanklarini qo‘llashni boshladi - manba

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishTanki T-14 "Armata"
Tanki T-14 Armata  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus harbiy operatsiya zonasida Ukraina armiyasi pozitsiyalarini o‘qqa tutish uchun T-14 "Armata" tanklaridan foydalanishni boshladi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari maxsus harbiy operatsiya zonasida Ukraina Qurolli Kuchlari pozitsiyalarini o‘qqa tutish uchun eng zamonaviy T-14 "Armata" tanklaridan foydalanishni boshladi. Bu haqda RIA Novosti o‘z manbasiga tayangan holda xabar berdi.

"Rossiya qo‘shinlari Ukraina pozitsiyalarini o‘qqa tutish uchun eng so‘nggi “Armata” tanklaridan foydalanishni boshladi. Ular hozircha to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum operatsiyalarida ishtirok etmadi", — degan manba.

Uning aniqlik kiritishicha, "T-14" Armata "maxsus harbiy operatsiya zonasidagi tanklar tankka qarshi o‘q-dorilardan qo‘shimcha bort himoya bilan jihozlangan".
O‘tgan yilning oxiridan beri T-14 “Armata” ekipajlari Donbass xalq respublikalaridan biridagi poligonlarda jangovar mashqlardan o‘tdi, deb qo‘shimcha qildi manba.
“Armata” tanklari Suriyada ilk bor jangovar sharoitda sinovdan o‘tkazilgan.
T-14 "Armata" asosiy tanki Ural transport muhandisligi konstruktorlik burosida ishlab chiqilgan. Uning joylashuvining o‘ziga xos xususiyati - uch ekipaj a’zosi korpus oldida joylashgan izolyatsiyalangan zirhli kapsulada joylashadi. Tank birlashtirilgan ko‘p qatlamli zirh, yangi "Malakit" dinamik himoyasi va "Afganit" faol himoya kompleksi bilan jihozlangan.
Harbiy mashinaning asosiy quroli - 125 mm 2A82-1M silliq nayli zambarak bo‘lib, 8 kilometr masofaga uchadigan yangi boshqariladigan raketalardan foydalanadi.
Yangiliklar lentasi
0