Mejdunarodnaya promishlennaya vistavka Innoprom-2022. Sentralnaya Aziya - Sputnik O‘zbekiston, 1920
Innoprom — 2023
Toshkentda 24-26 aprel kunlari “Innoprom. Markaziy Osiyo” — uchinchi xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda turli mamlakatlarning 300 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etmoqda. Uch davlat o‘z milliy stendlari bilan ishtirok etmoqda: O‘zbekiston, Rossiya va Belarus.

Rossiya O‘zbekistonga 50 tadan ortiq metro vagonlarini yetkazib beradi

© Sputnik / Anton DenisovOtpravka pervoy partii vagonov metro v Uzbekistan
Otpravka pervoy partii vagonov metro v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekiston 50 dan ortiq metro vagonlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiya O‘zbekistonga 50 tadan ortiq metro vagonlarini yetkazib beradi. Bu haqda Sputnik muxbiri “Transmashxolding” bosh direktori Kirill Lipa so‘zlariga tayangan holda xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Rossiya va O‘zbekiston 50 dan ortiq metro vagonlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz”da “Innoprom” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazma bu yil nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ulkan sarmoyaviy iqtisodiy va sanoat istiqbollari kun tartibini ochib beradi.
Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun MDH davlatlari, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Hindiston, Singapur, Xitoy, Yaponiya, Armaniston, Qozog‘iston, Turkiya va Turkmanistondan 5 mingdan ortiq delegatlar, shuningdek, 300 dan ortiq xorijiy kompaniyalar, biznes vakillari va hukumat amaldorlari ro‘yxatdan o‘tgan.
Tadbirning asosiy maqsadlari – sohadagi eng ilg‘or texnologiyalar va ishlanmalarni keng targ‘ib qilish, O‘zbekiston sanoat korxonalari va boshqa mamlakatlar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Investitsion bitimlar va savdo shartnomalarining mustahkam paketi imzolanishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0