https://oz.sputniknews.uz/20230425/rossiya-manturov-34228514.html
Rossiya mintaqaning barcha davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor — Manturov
Rossiya mintaqaning barcha davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor — Manturov
Sputnik O‘zbekiston
Denis Manturov: “INNOPROM” butun Markaziy Osiyoda sanoatni rivojlantirish masalalarini qamrab oladi.
2023-04-25T12:09+0500
2023-04-25T12:09+0500
2023-04-25T12:09+0500
innoprom — 2023
o‘zbekiston
toshkent
rossiya
denis manturov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/19/34223472_0:0:1616:909_1920x0_80_0_0_f4e6e71160214a15580a5d95e06b6076.jpg
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiya mintaqaning barcha davlatlari bilan hamkorlikni mutanosib ravishda kengaytirishdan manfaatdor. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.“INNOPROM”ning asosiy sessiyasida O‘zbekiston, Rossiya va mintaqaning boshqa mamlakatlari hukumat rahbarlari, shuningdek, tadbirkorlik birlashmalari va ishlab chiqarish kompaniyalari rahbarlari yig‘ildi.Unda hukumat raisi o‘rinbosari, Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov so‘zga chiqdi.U o‘z nutqi davomida Rossiya mintaqaning barcha davlatlari bilan hamkorlikni mutanosib ravishda kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.Uning qo‘shimcha qilishicha, Toshkentdagi “INNOPROM” butun Markaziy Osiyoda sanoatni rivojlantirish masalalarini qamrab oladi.Eslatib o‘tamiz, poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz”da “Innoprom” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazma bu yil nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ulkan sarmoyaviy iqtisodiy va sanoat istiqbollari kun tartibini ochib beradi.Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun MDH davlatlari, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Hindiston, Singapur, Xitoy, Yaponiya, Armaniston, Qozog‘iston, Turkiya va Turkmanistondan 5 mingdan ortiq delegatlar, shuningdek, 300 dan ortiq xorijiy kompaniyalar, biznes vakillari va hukumat amaldorlari ro‘yxatdan o‘tgan.Tadbirning asosiy maqsadlari – sohadagi eng ilg‘or texnologiyalar va ishlanmalarni keng targ‘ib qilish, O‘zbekiston sanoat korxonalari va boshqa mamlakatlar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Investitsion bitimlar va savdo shartnomalarining mustahkam paketi imzolanishi kutilmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/19/34223472_71:0:1511:1080_1920x0_80_0_0_b001e97f67f427237f93c86cb2d3a9b5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston rossiya innoprom-2023 denis manturov
o‘zbekiston rossiya innoprom-2023 denis manturov
Rossiya mintaqaning barcha davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor — Manturov
Denis Manturov: “INNOPROM” butun Markaziy Osiyoda sanoatni rivojlantirish masalalarini qamrab oladi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiya mintaqaning barcha davlatlari bilan hamkorlikni mutanosib ravishda kengaytirishdan manfaatdor. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
“INNOPROM”ning asosiy sessiyasida O‘zbekiston, Rossiya va mintaqaning boshqa mamlakatlari hukumat rahbarlari, shuningdek, tadbirkorlik birlashmalari va ishlab chiqarish kompaniyalari rahbarlari yig‘ildi.
Unda hukumat raisi o‘rinbosari, Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov so‘zga chiqdi.
U o‘z nutqi davomida Rossiya mintaqaning barcha davlatlari bilan hamkorlikni mutanosib ravishda kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
“INNOPROMni Toshkentda o‘tkazish g‘oyasi yomon emas edi. Bu ishlarning samarasini ko‘rib turibmiz. Bu davlatlarimiz o‘rtasidagi sheriklik va do‘stona munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatini ta’kidlaydi”, - dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Toshkentdagi “INNOPROM” butun Markaziy Osiyoda sanoatni rivojlantirish masalalarini qamrab oladi.
“Biz mintaqaning barcha davlatlari bilan hamkorlikni mutanosib ravishda kengaytirishdan manfaatdormiz”, — dedi Manturov.
Eslatib o‘tamiz, poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz”da “Innoprom” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazma bu yil nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ulkan sarmoyaviy iqtisodiy va sanoat istiqbollari kun tartibini ochib beradi.
Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun MDH davlatlari, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Hindiston, Singapur, Xitoy, Yaponiya, Armaniston, Qozog‘iston, Turkiya va Turkmanistondan 5 mingdan ortiq delegatlar, shuningdek, 300 dan ortiq xorijiy kompaniyalar, biznes vakillari va hukumat amaldorlari ro‘yxatdan o‘tgan.
Tadbirning asosiy maqsadlari – sohadagi eng ilg‘or texnologiyalar va ishlanmalarni keng targ‘ib qilish, O‘zbekiston sanoat korxonalari va boshqa mamlakatlar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Investitsion bitimlar va savdo shartnomalarining mustahkam paketi imzolanishi kutilmoqda.