Prezident maktablariga kirolmaganlar ixtisoslashtirilgan maktabga imtihonsiz qabul qilinadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidentskaya shkola v Tashkente
Prezidentskaya shkola v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2023
Obuna bo‘lish
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim oladi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichidan o‘tolmagan o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023-2024 o‘quv yili uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga aniq fanlar yo‘nalishiga qabul 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7-11-sinflarga, keyingi o‘quv yillarida 5 va 7-sinflarga amalga oshiriladi. Har bir sinfga 24 nafardan o‘quvchi qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari natijalari agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalarida imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun mobaynida e’lon qilinadi. Imtihon natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi. Imtihon natijalari bo‘yicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim oladi.
Ro‘yxati agentlik tomonidan tasdiqlanadigan xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadalarining uchinchi (viloyat) bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan (1, 2, 3-o‘rinlar) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘z hududida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarga umumiy qabul parametrlari doirasida imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi.

Shuningdek, prezident maktablarining 5-sinf kirish imtihonlari 2-bosqichida ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan talabgorlar hujjat topshirish jarayonida o‘z hududidagi o‘zlari tanlagan ixtisoslashtirilgan maktablardan birida o‘qish istagini bildirgan taqdirda, kvotaning 50 foizi doirasida ballar ketma-ketligi asosida imtihonsiz mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.

Bunda talabgorlar prezident maktabiga saralash imtihonlarining ikkinchi bosqich javoblari e’lon qilingan kundan boshlab 5 ish kuni davomida ixtisoslashtirilgan maktab direktori nomiga o‘qishga qabul qilishni so‘rab ariza bilan murojaat etishi lozim.
O‘quvchilar faqat o‘zlari o‘qiyotgan umumta’lim muassasasi joylashgan hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri)dagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga o‘qishga qabul qilinadi.
Shuningdek, respublikaning turli hududlaridagi talabgorlar agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfiga hamda Mirzo Ulug‘bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning 7-sinfiga parallel ravishda hujjat topshirishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0