Mejdunarodnaya promishlennaya vistavka Innoprom-2022. Sentralnaya Aziya - Sputnik O‘zbekiston, 1920
Innoprom — 2023
Toshkentda 24-26 aprel kunlari “Innoprom. Markaziy Osiyo” — uchinchi xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda turli mamlakatlarning 300 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etmoqda. Uch davlat o‘z milliy stendlari bilan ishtirok etmoqda: O‘zbekiston, Rossiya va Belarus.

Chuvashiya O‘zbekiston elektr ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilishga tayyor

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishVremenno ispolnyayushiy obazannosti glavi Chuvashskoy Respubliki, predsedatel kabineta ministrov Chuvashii Oleg Nikolayev na stende MIA "Rossiya segodnya" v kongressno-vistavochnom sentre "Patriot".
Vremenno ispolnyayushiy obazannosti glavi Chuvashskoy Respubliki, predsedatel kabineta ministrov Chuvashii Oleg Nikolayev na stende MIA Rossiya segodnya v kongressno-vistavochnom sentre Patriot. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2023
Obuna bo‘lish
Chuvashiya respublikasi rahbari Oleg Nikolayevning ma’lum qilishicha, mamlakat O‘zbekiston elektr ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish va atom elektr stansiyalari qurilishida ishtirok etishga tayyor.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Chuvashiya respublikasi O‘zbekiston elektr ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilishga tayyor. Bu haqda Chuvashiya respublikasi rahbari Oleg Nikolayev Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Chuvashiya korxonalari Rossiyadagi barcha elektrotexnika mahsulotlarining qariyb 70 foizini ishlab chiqaradi.
Ayni paytda ushbu segmentda 200 taga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda, ulardan 25 taga yaqini jiddiy infratuzilma muammolarini hal etishga qodir.
“Hamkorlik doirasida biz O‘zbekistonning faoliyat ko‘rsatayotgan elektr ta’minoti tizimlari, shuningdek, kadrlar tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirishda uzluksiz modernizatsiya qilishga tayyormiz”, — dedi Oleg Nikolayev.
Shuningdek, u Chuvashiya respublikasi korxonalari atom energetikasi bo‘yicha katta tajribaga ega ekanligini va O‘zbekistonda atom elektr stansiyalari qurilishida ishtirok etishga tayyorligini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0